ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHNING IQTISODIY VA INSTITUTSIONAL ASOSLARI
Keywords:
EIHlarda yuqori texnologiyali, energiya tejamkor va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu hududlar iqtisodiyotning turli sohalarida texnologik yangilanishlarni amalga oshirish uchun platforma sifatida xizmat qiladi. EIHlar eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Bu mamlakatning xalqaro savdo balansini yaxshilashga yordam beradi.Abstract
Erkin iqtisodiy hududlar (EIH) — bu davlat iqtisodiyotini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida maxsus yengilliklar va preferensiyalar bilan tashkil etiladigan hududlardir. Ushbu hududlarning muvaffaqiyati iqtisodiy va institutsional asoslarni to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liq.
Erkin iqtisodiy hududlar (EIH) ko‘plab mamlakatlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va sanoatni rivojlantirishning samarali vositasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. O‘zbekiston ham ushbu hududlarning ahamiyatini tan olgan holda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida mamlakat bo‘ylab bir qator erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etdi. Bu hududlar mahalliy ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan keng va samarali foydalanishni ta’minlash, shuningdek, transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
References
1. Умарова З. О., Обидова Ф. Я. ЗНАЧЕНИЕ СВОБОДНЫХ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗОН В РАЗВИТИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ //Актуальные научные исследования в современном мире. –2019. –No. 2-6. –С. 53-57
2. Yahyoyevna, O. F., & Tatulovna, Z. M. (2024). ISSUES OF PROVIDING ECONOMIC STABILITY UNDER THE INFLUENCE OF FACTORS OF SAVING.JOURNAL OF EDUCATION, ETHICS AND VALUE,3(1), 374-379.
3. World Bank Group. "Ease of Doing Business Report". Washington, D.C.: World Bank, 2023.
4. Mustafayev A. X., Saidova D. S. "Iqtisodiy zonalarni boshqarishning samarali usullari". Toshkent: Iqtisodiyot va innovatsiyalar, 2022.