ABDULLA QODIRIY IJODIGA ADABIY TANQIDCHILIK MUNOSABATI

Authors

  • Abdupattoyeva Mavluda Author

Keywords:

Abdulla Qodiriy, adabiy tanqidchilik, o‘zbek romanchiligi,

Abstract

O‘zbek romanchilik maktabining asoschisi, buyuk adib Abdulla Qodiriy ijodining salkam bir asrlik davrni qamrab olgan adabiy tanqidchilikdagi talqinlari va tahlili masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqotda Bahodir Karimovning Qodiriy merosini jahon adabiyotshunosligi mezonlari asosida tahlil qilgan xulosalari, Umarali Normatovning "Qodiriy mo‘jizasi" konsepsiyasi hamda adibning iymon-e’tiqod butunligi borasidagi qarashlariga alohida urg‘u berilgan.

Sharqshunos olim E.E. Bertelsning Qodiriy tomonidan "oltinchi romanchilik maktabi" yaratilgani haqidagi e’tirofi adabiy faktlar asosida yoritiladi. Ulug‘bek Hamdamning adib tomonidan XIX asr voqeligining xolis va obyektiv tasvirlanishi milliy o‘zlikni anglashdagi xizmati ekanligi haqidagi mulohazalari tahlilga tortilgan. Sho‘ro davri tanqidchiligidagi "vulgar sotsiologizm" illatlari va mustaqillik yillari qodiriyshunosligidagi erishilgan yutuqlar, xususan, adib shaxsiyati va estetik idealining yangicha talqinlari qiyosiy o‘rganilgan. Qodiriy ijodiga munosabat — doimiy harakatdagi estetik jarayon hamda millat ma’naviyatini belgilovchi muhim omil ekanligi haqida xulosalar chiqariladi.

References

1.Bahodir Karimov. Abdulla Qodiriy: Tanqid, tahlil va talqin. – Toshkent: "Fan", 2006.

2.Umarali Normatov. Qodiriyning so‘nggi iltijosi. – Toshkent: "Movarounnahr", 2014.

3.B. Nazarov, A. Rasulov va b. O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi. – Toshkent: "Cho‘lpon", 2012.

4.B. Valiyev. Abdulla Qodiriy (1894-1938). – Toshkent: "Ziyo-uz kutubxonasi".

Ulug‘bek Hamdam. Qodiriyning xizmati nimada? (Maqola), 2012.

5.B. Rahmonov. O‘zbek adabiy tanqidchiligi. – Toshkent: "Istiqlol nuri", 2015.

Published

2026-04-07

How to Cite

[1]
2026. ABDULLA QODIRIY IJODIGA ADABIY TANQIDCHILIK MUNOSABATI. Ustozlar uchun. 93, 2 (Apr. 2026), 225–230.