BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA PSIXOLOGIK ZO‘RIQISHNI KAMAYTIRISHNING PEDAGOGIK USULLARI
Keywords:
Boshlang‘ich ta’lim, psixologik zo‘riqish, pedagogik yondashuv, o‘quv yuklamasi, emotsional barqarorlik, kognitiv faoliyat, psixologik muhit, interfaol pedagogik metodlar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, o‘quvchi rivojlanishi.Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida uchraydigan psixologik zo‘riqish holatlari, ularning kelib chiqish omillari hamda ushbu muammoni bartaraf etishning samarali pedagogik usullari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim bolaning shaxs sifatida shakllanishida muhim bosqich bo‘lib, aynan shu davrda o‘quvchilarning psixologik barqarorligi, emotsional holati va ijtimoiy moslashuvi shakllanadi. Shu bois ta’lim jarayonida yuzaga keladigan psixologik zo‘riqishni aniqlash va bartaraf etish pedagogika va psixologiyadagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Maqolada psixologik zo‘riqish tushunchasining nazariy asoslari, uning boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar psixologiyasiga ta’siri va o‘quv faoliyatidagi namoyon bo‘lish shakllari ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, psixologik zo‘riqishning o‘quvchilarning kognitiv faoliyati, diqqat barqarorligi, xotira jarayonlari va emotsional holatiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilinadi.
References
1. Karimova V.M. Psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
2. G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2019.
3. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot. – Toshkent, 2016.
4. Shoumarov G‘.B. Bolalar psixologiyasi. – Toshkent, 2017.
5. Yusupov M. Pedagogika asoslari. – Toshkent, 2020.
6. Davletshin M.G. Yosh va pedagogik psixologiya. – Toshkent, 2015.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni. – Toshkent, 2020.
8. Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standarti. – Toshkent, 2022.
9. Выготский Л.С. Педагогическая психология. – Москва: Педагогика, 1991.