UYDA TA’LIM OLUVCI O‘QUVCHILAR BILAN SAMARALI ISHNI TASHKIL ETISH YO‘LLARI
Keywords:
Psixologik jihatdan esa o‘quvchini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega. Uyda ta’lim olayotgan bolalarda ko‘pincha yolg‘izlik hissi, o‘ziga ishonchsizlik yoki tushkunlik holatlari kuzatilishi mumkin. Shu sababli psixolog tomonidan muntazam suhbatlar o‘tkazish, motivatsiya berish, ijobiy muhit yaratish zarur. Ota-onalar bilan ham doimiy hamkorlikda ishlash, ularga maslahat va tavsiyalar berish bu jarayonning ajralmas qismi hisoblanadi.Abstract
Bugungi kunda ta’lim tizimida har bir o‘quvchining bilim olish huquqini ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, turli sabablarga ko‘ra maktabga bora olmaydigan, uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan ishlash alohida e’tibor va yondashuvni talab etadi. Bunday o‘quvchilar bilan ishlashda pedagog va psixologning hamkorligi, individual yondashuv hamda zamonaviy metodlardan foydalanish katta samara beradi.
Uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan ishlashning asosiy maqsadi — ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, psixologik holatini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatga moslashuvini ta’minlashdan iborat. Bu jarayonda psixolog o‘quvchining ichki dunyosini tushunishi, uning ehtiyoj va imkoniyatlarini aniqlashi zarur.
References
Xulosa qilib aytganda, uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilan samarali ishlash — bu tizimli, rejalashtirilgan va mehrga asoslangan jarayondir. Har bir o‘quvchiga individual yondashuv, psixologik qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy metodlardan foydalanish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin.Maktabimizda yuqorida qayd etilgan imkoniyati cheklangan o’quvchilar