“IJTIMOIY TARMOQLARNING INGLIZ TILINI O’RGANISHDA HISSASI”
Keywords:
ijtimoiy tarmoqlar, ingliz tilini o‘rganish, til ko‘nikmalari, motivatsiya, kommunikatsiya, onlayn ta’lim, til muhiti, chalg‘ituvchi omillar, raqamli texnologiyalar, o‘quv jarayoni.Abstract
Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ingliz tilini o‘rganishga ta’siri tahlil qilinadi. Hozirgi kunda Instagram, YouTube va TikTok kabi platformalar nafaqat muloqot va ko‘ngilochar vosita, balki samarali ta’lim manbai sifatida ham xizmat qilmoqda. Maqolada ijtimoiy tarmoqlarning ingliz tilini o‘rganishdagi ijobiy jihatlari, jumladan, til muhiti yaratish, so‘z boyligini oshirish va real muloqot imkoniyatlarini kengaytirish kabi omillar ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, ularning salbiy tomonlari, ya’ni chalg‘ituvchi omillar va noto‘g‘ri til namunalarining mavjudligi ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish ingliz tilini samarali o‘rganishga yordam berishi aniqlanadi.
References
1. Harmer, J. (2007). How to Teach English. Longman.
2. Crystal, D. (2011). Internet Linguistics: A Student Guide. Routledge.
3. Thornbury, S. (2006). An A–Z of ELT. Macmillan.
4. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2001). Approaches and Methods in Language Teaching. Cambridge University Press.
5. Warschauer, M. (1996). Computer-Assisted Language Learning: An Introduction.