SHARQ ADABIYOTIDA XAMSANAVISLIK AN’ANASI

Authors

  • M. Husainova Author

Keywords:

Nizomiy Ganjaviy nomi qadimdan xalqimiz orasida mashhur bo‘lib u o‘zbekning o‘z shoiriga aylanib ketgan. Alisher Navoiydan tortib barcha mumtoz shoirlarimiz uni o‘zlariga ustoz deb bilishgan. XIV asr o‘rtalaridayoq Qutb Xorazmiy uning eng mashhur dostoni «Xusrav va Shirin»ni tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan edi. Oradan bir asr o‘tgach, Haydar Xorazmiy “Xamsa” asoschisining «Mahzan ul-asror» dostoniga javoban «Gulshan ul-asror» asarini yaratadi. Zabardast shoir va mohir mutarjim Muhammadrizo Ogahiy «Haft paykar»ni erkin nasriy tarjima qiladi.

Abstract

Jahon sivilizatsiyasi tarixida ayniqsa, Sharqda alohida o‘rin tutadigan xamsachilik an’anasi va Alisher Navoiy “Xamsa” si o‘zbek mumtoz adabiyotining rivojlanishida yuksak ahamiyatga egadir. Sharq epik poeziyasining gultoji hisoblangan “Xamsa” ga kirgan dostonlar musulmonlar Sharqi xalqlarini har doim qiziqtirib kelgan. Ana shuning uchun ham Sharq Renessansi davrida juda ko‘p insonlar “Xamsa” yozishga harakat qilganlar. Bu davrlarda 300 ga yaqin ijodkorlar Nizomiy beshligiga muayyan tarzda javob yozganlarini Ozarbayjon olimi, filologiya fanlari doktori G‘azanfar Aliyev aniqlab, o‘zining “Темы и сюжеты Низами в литературах народов Востока” nomli monografiyasini yaratgan edi. Xamsanavislik tarixida XIV-XV asr Hirot adabiy muhiti alohida o‘rin egallaydi.

References

1.”Moziydan sado” –ilmiy-amaliy,ma’naviy-ma’rifiy jurnal.

2.”Farg‘ona vodiysida muzey ishi va faoliyati” kitob O‘zbekiston Respublikasi .Madaniy meros agentligi.

3.”Moziy soboqlari” – jurnal

4.”San’at” jurnali.

5.”Guliston”–ijtimoiy-siyosiy,ilmiy-badiiy,madaniy-ma’rifiy jurnal.

Published

2025-10-14

How to Cite

[1]
2025. SHARQ ADABIYOTIDA XAMSANAVISLIK AN’ANASI . Ustozlar uchun. 81, 1 (Oct. 2025), 305–311.