SAFARNOMA VA SAYOHATNOMA JANRLARIDA MUALLIF POZITSIYASI VA TASVIR USULI

Authors

  • Sobirboyeva Madina Baxtiyor qizi Author

Keywords:

Safarnoma, sayohatnoma, muallif pozitsiyasi, tasvir usuli, safar tasviri, muallif “meni”, kompozitsion qurilish, subyektiv bayon, geografik tasvir, etnografik tafsilotlar, badiiy tasvir, kuzatuvchilik usuli.

Abstract

Mazkur maqolada safarnoma (sayohatnoma) janrining muallif pozitsiyasi hamda tasvir usuli tahlil etiladi. Unda janrning shakllanish xususiyatlari, muallifning voqelikka munosabati va safar jarayonini tasvirlash tamoyillari yoritiladi. Safarnoma (sayohatnoma)da muallifning bevosita kuzatuvchi sifatidagi o‘rni, voqealar bayonining izchilligi, geografik hamda etnografik tafsilotlarning berilishi asosiy belgilardan biri sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, janrda muallif “men”ining namoyon bo‘lishi, subyektiv baholash unsurlari, tasvirda emotsional-ekspressiv vositalardan foydalanish masalalari ochib beriladi. Maqolada safar tafsilotlarini bayon etish, kompozitsion qurilish, muallif nigohi va tasvir usullarining o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Natijada safarnoma (sayohatnoma) janrining muallif pozitsiyasi hamda tasvir imkoniyatlari asoslab beriladi.

References

1. Joʻrayeva Manzura, jadid adabiyotida safarnoma janri va uning taraqqiyoti maqolasi

2. N. Karimov va boshqalar, o‘zbek adabiyoti tarixi

3. N. Rahmonov, o‘zbek mumtoz adabiyoti

4. Q. Yo‘ldoshev, adabiyotshunoslik asoslari

5. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi - 2000 - 2005

6. Muqimiy, sayohatnoma asari

7. Maʼmura Jamolova, oʻzbek adabiyotida noma janri

Published

2026-04-14

How to Cite

[1]
2026. SAFARNOMA VA SAYOHATNOMA JANRLARIDA MUALLIF POZITSIYASI VA TASVIR USULI. Ustozlar uchun. 93, 4 (Apr. 2026), 316–322.