SIFAT SO‘Z TURKUMI VA UNING XALQ DOSTONLARIDA BERILISHI
Keywords:
sifat so‘z turkumi, asliy sifat, nisbiy sifat, sifat darajalari, sodda sifat, qo‘shma sifat, juft sifat, takroriy sifat, otlashgan sifat, badiiy tasvir, epitet, “Alpomish” dostoni, xalq og‘zaki ijodi, stilistik xususiyatlar.Abstract
‘zbek tilidagi sifat so‘z turkumining nazariy asoslari, leksik-semantik va grammatik xususiyatlari tizimli ravishda tahlil qilingan. Unda sifatlarning ma’no turlari (asliy va nisbiy), tuzilishiga ko‘ra turlari (sodda, qo‘shma, juft, takroriy), darajalari (oddiy, qiyosiy, ozaytirma, orttirma) hamda ularning yasalish usullari va gapdagi vazifalari izohli misollar asosida yoritilgan. Shuningdek, sifatlarning morfologik xususiyatlari, otlashish hodisasi va nutqdagi stilistik imkoniyatlari haqida ilmiy mulohazalar berilgan. Tadqiqotning amaliy qismida xalq og‘zaki ijodining yirik namunasi bo‘lgan “Alpomish” dostoni materiali asosida sifatlarning qo‘llanish xususiyatlari tahlil etilgan. Dostonda uchraydigan sifatlar orqali qahramonlarning tashqi qiyofasi, ichki dunyosi, xarakteri hamda ijobiy va salbiy obrazlarning ajratilishi yoritib berilgan. Ayniqsa, epitetlar, rang-tasvir sifatlari, qo‘shma va takroriy sifatlar vositasida yaratilgan badiiy tasvirning o‘ziga xosligi ochib berilgan. Maqola yakunida sifatlar nafaqat grammatik birlik, balki badiiy matnda tasviriylik va emotsional-ekspressivlikni kuchaytiruvchi muhim vosita ekanligi asoslab beriladi.
References
1. Joʻrayeva Sevinch Shavkatovna Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari. Sifat so‘z turkumini o‘tish bo‘yicha tavsiyalar (8-sinf misolida) www.pedagoglar.org 43-to’plam 3-qism May 2025. 134-b.
2. Ҳ. Жамолхонов. Ҳозирги ўзбек адабий тили. -Тошкент: “Фан”, 2005. 127-b.
3. B.Mengliyev, O‘. Xoliyorov. O‘zbek tilidan universal qo‘llanma. -Toshkent: Fan, 2007. 164-b.
4. R. Sayfullayeva, B Mengliyev “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”. -Toshkent: “Fan va texnologiyalar”, 2009 yil. 162-b.
5. N. Mahmudov. Ona tili: 7-sinf uchun darslik. -Toshkent: Ma’naviyat, 2017. 11-b.
6. O. Madayev. O‘zbek xalq og‘zaki poitik ijodi (Nazariy kurs matni). ”. -Toshkent: “Fan”, 1999 yil. 119-b.
7. “Alpomish” (Nashrga tayyorlovchi T. Mirzayev). -Toshkent: “Sharq” nashriyoti, 1991. 22-b.