TASHQI SAVDO BOJXONA STATISTIKASIDA STATISTIK HISOB VA GURUHLASH USULINING QOʻLLANILISHI
Keywords:
tashqi savdo, bojxona statistikasi, statistik hisob, guruhlash usuli, import, eksport, maʼlumotlarni tahlil qilish, iqtisodiy koʻrsatkichlar, bojxona maʼlumotlari, statistik tasnif, tashqi iqtisodiy faoliyat.Abstract
Ushbu maqolada tashqi savdo bojxona statistikasini shakllantirish va tahlil qilish jarayonida statistik hisob hamda guruhlash usullarining qoʻllanilishi yoritiladi. Bojxona statistikasi tashqi iqtisodiy faoliyatni baholash, import va eksport oqimlarini tahlil qilish, shuningdek davlat iqtisodiy siyosatini shakllantirishda muhim axborot manbai hisoblanadi. Tadqiqotda statistik hisobning asosiy vazifalari, maʼlumotlarni tizimlashtirish tamoyillari hamda guruhlash usulining iqtisodiy koʻrsatkichlarni segmentlarga ajratishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, tovarlar oqimini mahsulot turlari, mamlakatlar kesimi va bojxona rejimlari boʻyicha guruhlashning amaliy ahamiyati koʻrsatib beriladi. Natijada bojxona statistik maʼlumotlarining aniqligi va tahliliy salohiyatini oshirish imkoniyatlari asoslab beriladi.
References
1. BMT qoshida tashkil etilgan Statistika qoʻmitasining 2010-yil 23-26-fevral kunlari boʻlib oʻtgan 41-sessiyasida “Xalqaro tovarlar savdosi statistikasi: konsepsiya va tushunchalar, 2010” (XTSS-2010) nomi ostida qayta koʻrib chiqilgan tavsiyalari.
2. MDHga aʼzo davlatlar Bojxona xizmatlari rahbarlari kengashining 2010-yil 9-iyundagi 5/51-son qarori bilan tasdiqlangan “Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning oʻzaro tovarlar savdosi bojxona statistikasi maʼlumotlarini taqqoslama tahlilini amalga oshirish metodikasi”.
3. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar hukumat boshliqlari Kengashining 2013-yil 20-noyabridagi qarori bilan tasdiqlangan “MDHga aʼzo davlatlar tashqi savdo bojxona statistikasining yagona uslubiyati”.
4. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi.
5. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 20-yanvardagi “Davlat bojxona xizmati toʼgʼrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish haqidagi 502-sonli qonuni.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4796-sonli qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2007-yil
20-sentyabrda 1717-son bilan roʻyxatdan oʻtgan “Davlat va Bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5414-sonli Farmoni.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” gi PQ-3665-sonli qarori.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016-yil 6-aprelda
2773-son bilan roʻyxatga olingan ― ”Bojxona yuk deklarasiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisida” gi yoʻriqnoma.
11. DBQning 2014 yid 27-yanvardagi 31-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Tashqi savdo bojxona statistikasi maʼlumotlarini solishtirma tahlilini amalga oshirish tartibi va bu sohada DBQ Markaziy apparati tarkibiy tuzilmalarining hamkorligi toʻgʻrisidagi nizom”.
12. MDHga aʼzo davlatlar Bojxona xizmatlari rahbarlari kengashining 2011-yil 9-iyundagi 53-yigʻilishida tasdiqlangan “Oʻzaro savdo bojxona statistikasi maʼlumotlarini solishtirishda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar bojxona xizmatlarining oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi bayonnoma”.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi “2024-yil uchun statistika dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 30-son qarori.