ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING LEKSIK BILIMLARINI MUSTAHKAMLASHDA NOAN’ANAVIY YONDASHUVLAR
Keywords:
Dars jarayonida o‘quvchilar 4 ta guruhga bo‘linib, musobaqa shaklida ishladilar. Har bir guruhga “Eskirgan so‘zlar”, “Yangi so‘zlar”, “Atamalar”, “Iboralar” nomlari berildi. Bu yondashuv o‘quvchilarda raqobatbardoshlik, jamoaviylik va o‘z fikrini erkin ifoda etish ko‘nikmalarini rivojlantirdi.Abstract
Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, ularning fikrlash salohiyatini rivojlantirish hamda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ona tili darslarida o‘quvchilarda so‘z boyligini oshirish, ularning nutq madaniyatini yuksaltirish va leksik bilimlarni chuqurlashtirishda noan’anaviy yondashuvlar muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada o‘quvchilarning leksik bilimlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan noan’anaviy metodlar, interfaol usullar va musobaqa asosidagi dars tashkil etish tajribasi yoritiladi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish”ga oid qarorlari.
2. Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim uchun davlat ta’lim standarti.
3. 5-sinf ona tili darsligi. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021.
4. Karimova F. Dars ishlanmasi: “Mustahkamlash darsi”, Toshkent, 2024.