TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA TIZIMINI YARATISH: TARIXIY TAJRIBA VA ZAMONAVIY METODIK MODEL
Keywords:
pedagogik diagnostika, ta’lim diagnostikasi, diagnostika tizimi, ta’lim sifati, pedagogik monitoring, kompetensiyaviy baholash, ta’lim jarayoni, diagnostik model.Abstract
Mazkur maqolada ta’lim jarayonida pedagogik diagnostika tizimini yaratish masalasi tarixiy tajriba va zamonaviy metodologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda pedagogik diagnostikaning ta’lim jarayonidagi o‘rni, diagnostika tizimini shakllantirishning nazariy asoslari hamda zamonaviy ta’lim sharoitida pedagogik diagnostika tizimini yaratish zarurati o‘rganildi. Shuningdek, pedagogik diagnostika tizimining tarkibiy elementlari, diagnostik jarayonning bosqichlari hamda zamonaviy metodik modelning konseptual asoslari tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida ta’lim jarayonida pedagogik diagnostika tizimini samarali tashkil etishga xizmat qiluvchi metodik model taklif etildi. Mazkur model ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning rivojlanish darajasini aniqlash hamda pedagogik faoliyat samaradorligini baholash imkonini beradi.
References
1. Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. - Москва: Педагогика, 1995.
2. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning nazariy asoslari. – Toshkent, 2006.
3. Ishmuhamedov R. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent, 2014.
4. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.