"DETEKTIV ASARLAR VA ULARNING KOMPAZITSIYASI"
Keywords:
detektiv janr, kompozitsiya, syujet, tugun, kulminatsiya, yechim, intriga, mantiqiy tahlil, badiiy asar, tergov jarayoni, obrazlar tizimi, retrospektiv usulAbstract
Mazkur maqolada detektiv asarlarning o‘ziga xos xususiyatlari hamda ularning kompozitsion tuzilishi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Detektiv janrning mazmun-mohiyati, syujet qurilishi va asosiy kompozitsion bosqichlari — kirish, tugun, rivojlanish, kulminatsiya va yechim qismlari izchil yoritib beriladi. Shuningdek, detektiv asarlarda mantiqiylik, intriga va o‘quvchini jalb etish usullarining ahamiyati ochib beriladi. Maqolada kompozitsiyaning detektiv asar badiiy qiymatini belgilovchi asosiy omil ekanligi asoslanadi. Ushbu tadqiqot natijalari detektiv janrni o‘rganishda hamda badiiy asar tahlilida muhim nazariy manba bo‘lib xizmat qiladi.Detektiv janr adabiyot tarixida o‘ziga xos o‘rin egallagan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu janr inson tafakkurining mantiqiy, tahliliy va kuzatuvchanlik xususiyatlarini namoyon etishga xizmat qiladi. Detektiv asarlar voqelikni faqat tasvirlash bilan cheklanmay, balki uni tahlil qilish, sabab-oqibat bog‘liqligini ochish orqali o‘quvchini faol fikrlashga undaydi. Shu boisdan ham detektiv adabiyot nafaqat badiiy, balki intellektual ahamiyatga ham ega.
References
Quronov D. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: Akademnashr, 2018.
Karimov N. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2010.
Rasulov A. Badiiy asar tahlili asoslari. – Toshkent: Fan, 2015.
Todorov T. The Typology of Detective Fiction. – New York, 1977.