PATOGEN MIKROORGANIZMLARNING ANTIBAKTERIAL PREPARATLARGA REZISTENTLIGI VA ULARNING BALIQLAR SALOMATLIGIGA TA’SIRI
Keywords:
Akvakultura, antibiotiklarga chidamlilik, patogenlar, stress, immun tizimi, baliq kasalliklari, ekologik xavfsizlik, dori vositalari.Abstract
Ushbu maqolada akvakultura tizimlarida antibiotiklarga chidamli patogen mikrorganizmlarning shakllanishi va ularning baliqchilik xo‘jaliklariga salbiy ta’siri tahlil qilingan. Intensiv yetishtirish sharoitida antibiotiklarning nazoratsiz qo‘llanilishi natijasida yuzaga keladigan genetik adaptatsiya jarayonlari va ,,super-bakteriyalar’’ning kelib chiqish mexanizmlari yoritilgan.
Tadqiqotda tashqi muhit omillari ta’sirida yuzaga keladigan stress holatining baliqlar immun tizimini susaytirishi hamda bu jarayonning infeksion kasalliklarga moyillikni oshiruvchi asosiy omil ekanligi asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada patogenlarning chidamliligini kamaytirish va baliqlar salomatligini saqlashda an’anaviy dori vositalari o‘rniga muqobil usullarni (probiotiklar, vaktsinalar va immunomodulyatorlar) qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
References
1. Bondad-Reantaso, M. G., et al. (2023). Transboundary aquatic animal diseases and antimicrobial resistance in aquaculture. Reviews in Aquaculture.
2. Lulijwa, R., Rupia, E. J., & Alfaro, A. C. (2020). Antibiotic use in aquaculture, policies and regulation, health and environmental risks: A review. Reviews in Aquaculture, 12(2), 644-663.
3. Tort, L. (2011). Stress and immune modulation in fish. Developmental & Comparative Immunology, 35(12), 1366-1375.
4. Reverter, M., et al. (2020). Aquaculture at the crossroads of global warming and antimicrobial resistance. Nature Communications.
5. Amanov, T. A., & Qurbonov, A. R. (2018). Baliqlar fiziologiyasi va biokimyosi. Toshkent, "Fan va texnologiyalar".
6. Gulyamov, B. B. (2021). O‘zbekiston suv havzalarida akvakulturani rivojlantirishning biotexnologik asoslari. O‘zbekiston biologiya jurnali.
7. Defoirdt, T., et al. (2011). Alternatives to antibiotics to control bacterial infections in aquaculture. Current Opinion in Microbiology, 14(3), 251-258.
8. Yuldashev, M. A. (2019). Gidrobiontlar patologiyasi va immunologiyasi. O'quv qo'llanma. Namangan.