B2B FINTEXNING MOHIYATI VA B2B PLATFORMALARNING ISHLASH PRINSIPI VA MISOLLAR
Keywords:
B2B fintech, moliyaviy texnologiyalar, bizneslararo platformalar, to'lov tizimlari, kreditlash, moliyaviy xizmatlar, innovatsiyalar, iqtisodiyotAbstract
Ushbu ilmiy tadqiqotda B2B fintechning mohiyati, u sohadagi integratsiya va innovatsiyalar yoritiladi. B2B fintech bizneslararo moliyaviy texnologiyalarni qo'llash orqali to'lov tizimlarini, kreditlash jarayonlarini va boshqa moliyaviy xizmatlarni samarali boshqarishni ta'minlaydi. Tadqiqotda B2B platformalarning ishlash prinsiplari, ularning asosiy funksiyalari hamda real hayotdagi samarali misollari tahlil qilinadi. Shuningdek, B2B fintech sohasidagi so'nggi rivojlanishlar, uning iqtisodiyotga ta'siri va kelajak istiqbollari ko'rib chiqiladi. Mazkur ish B2B fintechni o'rganayotgan tadqiqotchilar va amaliyotchilar uchun qimmatli ilmiy manba bo'lib xizmat qiladi.
References
1. Mirzayev, A. (2021). Biznes uchun raqamli moliyaviy yechimlar. Iqtisodiy Rivojlanish
2. Toshpulatov, R. (2017). Elektron tijorat va B2B moliyaviy platformalarining o‘zaro aloqasi.
3. Bektemirov, I. (2022). O‘zbekistonda B2B fintek yechimlarining tendensiyalari. Innovatsion Iqtisodiyot