QANDLI DIABET 1-TURI BILAN XASTALANGAN BOLALARDA GLIKEMIK NAZORAT VA INSULINGA BO‘LGAN EHTIYOJ

Authors

  • Ibragimova Iroda Ibragimovna Author

Keywords:

1-tip qandli diabet, bolalar, HbA1c, insulinoterapiya, insulinga ehtiyoj, TTG, tireoid disfunksiya, dekompensatsiya.

Abstract

Qandli diabet 1 tur bilan kasallangan bolalarda glikemik nazoratning maqsadli ko'rsatkichlariga erishish, ayniqsa o'smirlik davrida, murakkab vazifa bo'lib qolmoqda. Tavsiyalarga ko'ra, HbA1c maqsadli darajasi <7% ni tashkil etadi. Undan tashqari qandli diabet 1 tur bilan og’rigan bolalarda autoimmun tireoid patologiyani xam doimiy skrining qilish muhim hisoblanadi.

References

2022-2025 yillarda statsionarda davolangan Qandli diabet 1 tur bolalar dekompensatsiya bosqichi yuqori bo'ldi: HbA1c >=9,0% - 66,4%, HbA1c >=10,0% - 54,7%.

Dekompensatsiya insulinga ehtiyojning oshishi bilan bog'liq bo'ldi, jumladan tana vazniga nisbatan doza (ed/kg/kun) bo'yicha ham.

Dekompensatsiya guruhi bemorlari o'rtacha yoshi kattaroq bo'lib, bu pubertat yoshiga tog’ri keldi.

Natijalar: HbA1c monitoringini kuchaytirish, bemor va ota-onalarni o’z o’zini nazorat qilish maktabida o'qitish, insulin dozalarini muntazam qayta ko'rib chiqish va tireoid statusni normada olib yurish kerak ekanligini tasdiqlaydi.

Published

2026-04-29

How to Cite

[1]
2026. QANDLI DIABET 1-TURI BILAN XASTALANGAN BOLALARDA GLIKEMIK NAZORAT VA INSULINGA BO‘LGAN EHTIYOJ. Ustozlar uchun. 94, 7 (Apr. 2026), 18–22.