O‘ZBEKISTONDA TRANSPORT-LOGISTIKA TIZIMINING DOLZARB MUAMMOLARI VA YECHIMLARI
Keywords:
So‘nggi yillarda transport va logistika tizimlari jahon iqtisodiyotidagi o‘sish jarayonida tobora muhim rol o‘ynamoqda. Dunyo bo‘ylab savdo hajmlarining ortishi, transchegaraviy iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi va mintaqalararo integratsiya logistika xizmatlariga bo‘lgan talabni keskin oshirmoqda. Shu sababli, samarali tashkil etilgan logistika tizimi mahsulotlarning o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlabgina qolmay, mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligini ham belgilab beradi.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston transport va logistika tizimining hozirgi holati, yuzaga kelayotgan muammolar hamda ularni samarali hal qilish yo‘llari tahlil qilinadi. Yuk tashish hajmining ortishi, avtomobil transportining dominantligi, temir yo‘l va intermodal transport imkoniyatlarining yetarlicha ishlatilmasligi, tranzit yo‘llarga bog‘liqlik va yagona elektron ma’lumotlar bazasining yo‘qligi kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Maqolada logistika tizimini rivojlantirish, resurslardan samarali foydalanish, transport xarajatlarini kamaytirish va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha strategik tavsiyalar taqdim etiladi.
References
1. G’aybullayeva, N. (2025). O‘zbekistonda transport tizimining rivojlanish darajasi va uning hududiy xususiyatlari. TADQIQOTLAR, 59(1), 71–73.
2. Mengliqulov, J. (2024). O‘zbekiston transport va logistika sohasidagi tranzit salohiyatining rivojlanishi. InLibrary.
3. Samatov, R. G. (2023). Transport-logistika loyihalari samaradorligini oshirishdagi muammolar va ularni hal qilish yo‘llari. GISConf.