ATOQLI OT KOMPONENTLI INGLIZ VA O‘ZBEK MAQOLLARINING TEMATIK GURUHLARI
Keywords:
maqol, atoqli ot, ingliz tili, o‘zbek tili, lingvistika, lingvokulturologiya, tematika, semantika, madaniyat, obrazlilik, tarjima, folklor.Abstract
Ushbu maqolada atoqli ot komponentli ingliz va o‘zbek maqollarining tematik guruhlari keng qamrovda tahlil qilinadi. Maqollarda uchraydigan atoqli otlarning lingvistik, semantik va lingvokulturologik xususiyatlari chuqur o‘rganilib, ularning obraz yaratishdagi, ma’no ifodalashdagi hamda milliy qadriyatlarni aks ettirishdagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot jarayonida atoqli ot komponentli maqollar turli tematik yo‘nalishlarga ajratilib, ularning har biri ingliz va o‘zbek tillari misolida solishtirma tahlil qilinadi. Shuningdek, maqollarda qo‘llaniladigan atoqli otlarning umumlashgan yoki aniq shaxsga ishora qilishi, ularning semantik yuklamasi va madaniy mazmuni ham batafsil tahlil qilinadi.
References
1. Mieder, W. (2004). Proverbs: A Handbook. Greenwood Press.
2. Schipper, M. (2009). Never Say ‘I’: Proverbs and Sayings. Oxford University Press.
3. Taylor, A. (2012). The Proverb. Harvard University Press.
4. Harmer, J. (2007). How to Teach English. Pearson Education.
5. Mirzaeva, Feruza. “Структурно-семантические характеристики английских и узбекских пословиц с существительными компонентами.” Универсальная индексная библиотека Вестника педагогов нового Узбекистана, vol. 1, no. 11, 30 Nov. 2023, pp. 64–67.
6. Mirzayeva F. "Proverb as an object of linguistic research" World Bulletin of Social Sciences (33), 82-87, 2024.
7. Mirzayeva F. "Contrastive study of proverbs with a hydronom component in English and Uzbek languages" The Peerian Journal (40),36-38, 2025.