ZAMONAVIY O’ZBEK TILIDA IJTIMOIY TARMOQLAR TA’SIRIDA YUZAGA KELADIGAN LEKSIK O’ZGARISHLAR VA NEOLOGIZMLAR
Keywords:
neologizm, leksik oʻzgarish, ijtimoiy tarmoqlar, oʻzbek tili, oʻzlashuv, semantik siljish, internet slengi, yoshlar nutqi.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek tilida ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Telegram, TikTok, Facebook va boshqalar) taʼsirida yuzaga keladigan leksik oʻzgarishlar va neologizmlar tahlil qilinadi. Internet va globalizatsiya jarayonlari natijasida ingliz tilidan oʻzlashuvchi soʻzlar, semantik siljishlar, qisqartmalar, emoji va vizual unsurlar oʻzbek leksikasini boyitmoqda. Maqolada “bloger”, “post”, “kontent”, “trend”, “influencer”, “blok qilmoq”, “reels qilish”, “followerlik” kabi misollar asosida neologizmlarning shakllanish mexanizmlari, yoshlar nutqidagi oʻrni va til madaniyatiga taʼsiri koʻrib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, ijtimoiy tarmoqlar tilni dinamiklashtirib, leksik boylikni kengaytirayotgan boʻlsa-da, milliy meʼyorlarni saqlash va oʻzbekcha muqobillarni joriy etish zarur. Maqola tilshunoslikning leksikologiya va sotsiolingvistika yoʻnalishlariga oid boʻlib, ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
References
1. Qizi B.G.J. Oʻzbek tilida neologizmlarning shakllanish jarayoni va ularning qoʻllanish sohasi // CyberLeninka, 2025.
2. Qizi M.M.M.R. Oʻzbek tili lugʻat tarkibining neologizmlar bilan boyib borishi // CyberLeninka, 2025.
3. Nasiba O. Social Networks Lexicon in Uzbekistan // SJII, 2025.
4. Xayrulloyeva L. Can Uzbek people use media-related neologisms... // Lingvospektr, 2025.
5. Internet va ijtimoiy tarmoqlarda tilning oʻzgarishi // InLibrary.uz, 2025.
6. Zamonaviy ingliz tilidagi neologizmlar: ijtimoiy tarmoqlar taʼsiri // In-Academy.uz, 2026.