OʻSMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVORNI BAR’TARAF ETISH USULLARI
Keywords:
agressiv xulq-atvor, o‘smirlar psixologiyasi, agressiya sabablari, psixodiagnostika, psixokorreksiya, art-terapiya, kognitiv-behavioral yondashuv, relaksatsiya, meditatsiya, profilaktika, ijtimoiy muhit, oilaviy tarbiya, maktab psixologi, emotsional boshqaruv, konfliktlarni hal qilishAbstract
Mazkur maqolada o‘smirlar orasida uchraydigan agressiv xulq-atvor muammosi psixologik-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Agressiyaning yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi ichki (psixologik) va tashqi (ijtimoiy, oilaviy, pedagogik) omillar yoritilgan. Shuningdek, o‘smirlarda agressiv xatti-harakatlarni aniqlashda qo‘llaniladigan diagnostik usullar — kuzatuv, suhbat va psixologik testlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Maqolada agressiyani bartaraf etishning samarali yo‘llari sifatida psixokorreksion mashg‘ulotlar, art-terapiya, kognitiv-behavioral yondashuv, relaksatsiya va meditatsiya usullarining qo‘llanishi asoslab berilgan. Bundan tashqari, profilaktika choralariga alohida e’tibor qaratilib, maktab, oila va psixolog hamkorligining muhimligi ta’kidlangan.
Tadqiqot natijalari o‘smirlar bilan ishlovchi maktab psixologlari, pedagoglar va ota-onalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, agressiv xulq-atvorni kamaytirish va sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
References
1.Karimova V.M. Psixologiya. – T.: O‘qituvchi, 2019.
2.G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya. – T.: Universitet, 2018.
3.Bandura A. Aggression: A Social Learning Analysis. – New York, 1973.
4.Buss A.H., Perry M. The Aggression Questionnaire. – Journal of Personality and Social Psychology, 1992.
5.Vygotsky L.S. Mind in Society. – Harvard University Press, 1978.
6.O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi metodik qo‘llanmalari, 2020–2023.