SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA MODIFIKATSIYALANGAN POLIMER-BITUM KOMPOZITSIYALARINI OLISH TEXNOLOGIYASI
Keywords:
sanoat chiqindilari, polimer-bitum kompozitsiyasi, modifikatsiyalangan bitum, polietilen, polipropilen, PET, rezina chiqindisi, asfalt-beton, ekspluatatsion xossa, ikkilamchi xomashyo.Abstract
Ushbu tezisda sanoat chiqindilari, xususan ikkilamchi polietilen, polipropilen, PET va rezina chiqindilaridan foydalanib modifikatsiyalangan polimer-bitum kompozitsiyalarini olish texnologiyasining ilmiy-texnologik asoslari yoritilgan. An’anaviy neft bitumlarining yuqori haroratda yumshashi, past haroratda mo‘rtlashishi, transport yuklamalari ta’sirida plastik deformatsiyaga uchrashi va vaqt o‘tishi bilan qarishi yo‘l qoplamalarining xizmat muddatini qisqartiradi. Shu sababli bitumni sanoat polimer chiqindilari bilan modifikatsiyalash orqali uning issiqlikka chidamliligi, elastikligi, adgeziyasi, deformatsiyaga qarshiligi va suvga chidamliligini oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Tezisda polimer chiqindilarni tayyorlash, bitum bilan aralashtirish, gomogenlashtirish va tayyor kompozitsiyaning ekspluatatsion xossalarini baholash bosqichlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
References
1. Ismatov A.A., Qodirov X.I. Yo‘l qurilish materiallari texnologiyasi. Toshkent: Fan va texnologiya, 2020.
2. Mashaan N.S., Ali A.H., Karim M.R., Abdelaziz M. An overview of crumb rubber modified asphalt. International Journal of Physical Sciences, 2012.
3. Xu F., Zhao Y., Li K. Using waste plastics as asphalt modifier: A review. Materials, 2021.
4. Zhang H., Zhu C., Yu J., Shi C. Research progress on polymer modified asphalt binders. Construction and Building Materials, 2022.
5. ASTM D5/D5M. Standard Test Method for Penetration of Bituminous Materials.
6. ASTM D36/D36M. Standard Test Method for Softening Point of Bitumen.