ESKI UYG‘UR TILIDAGI TIBBIY TERMINLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
eski uyg‘ur tili, tibbiy terminlar, terminologiya, kasallik nomlari, tana a’zolari, turkiy qatlam, so‘z yasalishi.Abstract
Mazkur maqolada eski uyg‘ur turkchasidagi tibbiy terminlarning leksik-semantik xususiyatlari, ularning tasnifi, yasalish usullari hamda kelib chiqish manbalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy manbasi sifatida Macidegül Batmazning “Eski Uygur Türkçesinde Tıp Terimleri” nomli ilmiy ishi olindi. Maqolada uyg‘ur tibbiy matnlarida uchraydigan terminlar tana a’zolari nomlari, kasallik nomlari, dori vositalari, o‘lchov birliklari, shifokor nomlari va umumiy salomatlik bilan bog‘liq birliklarga ajratilib sharhlanadi. Shuningdek, terminlarning turkiy qatlamga mansubligi bilan birga, sanskrit, so‘g‘d va xitoy tillari bilan aloqasi ham yoritiladi. Ayrim terminlar misolida qadimgi tibbiy tafakkur va til taraqqiyoti o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ko‘rsatib beriladi. Natijada, eski uyg‘ur tibbiy terminologiyasi turkiy ilmiy til taraqqiyotining muhim bosqichlaridan biri ekani asoslanadi.
References
1. Batmaz, Macidegül. Eski Uygur Türkçesinde Tıp Terimleri. Yüksek Lisans Tezi. Ankara, 2013.
2. Arat, R. R. Zur Heilkunde der Uiguren. Berlin, 1930.
3. Türkmen, Seyfullah. Eski Anadolu Türkçesinde Tıp Terimleri. Doktora dissertatsiyasi, 2006.
4. Gül, Bülent. Eski Türk Tarım Terimleri. Doktora dissertatsiyasi, 2004.
5. Kabadayi, Osman. Eski Türkçe Gökbilimi (Astronomi) Terimleri. Magistrlik dissertatsiyasi, 2007.
6. Gürgan, Mahmut. Orta Asya’daki Eski Türk Tıbbının, Başlangıçtan 14. Yüzyıla Kadarki Döneme Ait Bilinen Türkçe Tıp Metinlerinde, Tıp Tarihi Açısından Değerlendirilmesi. Doktora dissertatsiyasi, 2010.