ANDIJON VILOYATI TRANSPORT INFRATUZILMASINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
Transport infratuzilmasi, aqlli transport tizimi, ITS, logistika, raqamlashtirish, davlat-xususiy sheriklik, investitsiya, ekologik transport, elektrobus, GPS monitoring, multimodal transport, transport modernizatsiyasi, Andijon viloyati, transport oqimi, elektron to‘lov tizimi.Abstract
Mazkur maqolada Andijon viloyati transport infratuzilmasining hozirgi holati, uning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri hamda transport tizimini modernizatsiya qilish jarayonlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida viloyatda mavjud transport vositalari statistikasi, ularning yonilg‘i turlari bo‘yicha taqsimoti va ekologik ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, “aqlli transport” tizimlari (ITS), GPS monitoring, elektron to‘lov tizimlari hamda ekologik transport vositalarini joriy etishning transport samaradorligiga ta’siri yoritildi. Maqolada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari, investitsiyalarni jalb qilish usullari va transport-logistika tizimini rivojlantirishning normativ-huquqiy asoslari ham tahlil etilgan. Tadqiqot natijasida transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish hududiy iqtisodiy integratsiyani kuchaytirishi, logistika xarajatlarini kamaytirishi va aholi harakatchanligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Transport to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 1998.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-94-son Farmoni “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2023.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-28-son Qarori “Transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. – Toshkent, 2022.
7. “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”. – Toshkent, 2022.
8. Aschauer D.A. Is Public Expenditure Productive? // Journal of Monetary Economics. – 1989. – Vol. 23. – P. 177–200.
9. World Bank. Transport Infrastructure and Economic Development Report. – Washington DC, 2021.
10. OECD. Transport Infrastructure Investment and Regional Development. – Paris, 2020.
11. G‘aniev A. Hududiy transport infratuzilmasini rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar ilmiy jurnali. – Toshkent, 2021.
12. Xasanov M. Transport-logistika tizimini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari // Transport va logistika ilmiy jurnali. – Toshkent, 2022.
13. Osiyo taraqqiyot banki (ADB). Central Asia Regional Economic Cooperation Transport Strategy 2030. – Manila, 2020.
14. Jahon banki. Uzbekistan Transport Sector Review. – Washington DC, 2022.
15. Andijon viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari, 2021–2025-yillar.