MULKNI TALON-TAROJ QILISH BILAN BOG‘LIQ HUQUQBUZARLIKLARNING VIKTIMOLOGIK PROFILAKTIKASI MOHIYATI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
mulkni talon-taroj qilish, viktimologik profilaktika, viktimalik, qurbon xulq-atvori, kiber-talon-taroj, ichki ishlar organlari, huquqiy ong, kriminologik monitoring, ijtimoiy ogohlik, kiber-frauda, profilaktika inspektori.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida fuqarolarning daxlsiz mulkiy huquqlarini ta’minlash va mulkni talon-taroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda viktimologik profilaktika tizimining mohiyati, konseptual asoslari va o‘ziga xos kriminologik xususiyatlari chuqur tahlil etiladi. Tadqiqotda jinoyat qurbonlarining (jabrlanuvchilarning) huquqbuzarlik sodir etilishiga sharoit yaratuvchi va uning mexanizmini tezlashtiruvchi sub’ektiv hamda ob’ektiv xulq-atvor shakllari (viktimalik omillari) tizimlashtirilgan. Shuningdek, an’anaviy va zamonaviy raqamli (kiber-frauda) muhitda mulkdorlarning huquqiy, moliyaviy va kiber-ogohligini oshirish mexanizmlari, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilayotgan tashkiliy-amaliy faoliyat samaradorligi keng yoritilgan. Tadqiqot yakunida ilg‘or xalqaro tajriba (viktimalogik monitoring va hamjamiyat nazorati) asosida milliy qonunchilik va amaliyotni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: "O‘zbekiston", 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida"gi Qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (Mulkni talon-taroj qilish va axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga oid moddalari).
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-27-sonli Farmoni.
5. Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqi kursi. Tom 3: Mulkka qarshi jinoyatlar. – Toshkent: "ILM ZIYO", 2018.
6. Ismoilov I. Kriminologiya: Darslik. – Toshkent: IIV Akademiyasi, 2020.
7. Zaripov Z.S. Huquqbuzarliklar viktimologik profilaktikasi muammolari. – Toshkent, 2015.
8. Global Cyber Crime and Victimization Report. / International Journal of Criminology and Sociology, 2024.