MEHMONXONALARNI DAVLAT TOMONIDAN TASNIFLASH VA YULDUZLILIK STANDARTI: O'Z DST 3296:2023
Keywords:
mehmonxona tasnifi, yulduzlik standarti, O‘z DSt 3296:2023, balli tasniflash tizimi, sertifikatlashtirish, mehmonxona xizmatlari sifati, UNWTO.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada mehmonxonalarni davlat tomonidan tasniflash va yulduzlik standartining asosiy jihatlari, xususan O‘zbekistonning O‘z DSt 3296:2023 “Turizm хizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” milliy standarti tahlil qilinadi. Mehmonxona xizmatlari sifatini baholash va ularni yulduz toifalariga ajratish xalqaro turizm amaliyotida mijozlar uchun yo‘naltiruvchi va sifat kafolati vazifasini bajaradi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va hujjatlarni o‘rganish usullari qo‘llanilgan. O‘z DSt 3296:2023 standartining asosiy qoidalari, balli tasniflash tizimining mexanizmi, majburiy va ixtiyoriy talablarning o‘zaro nisbati, shuningdek xalqaro tajriba (UNWTO, Hotels Criteria) bilan uyg‘unligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida ushbu standartning joriy etilishi O‘zbekistonda mehmonxona xizmatlari sifatini oshirish, xalqaro talablarga moslashtirish va raqobatbardoshlikni kuchaytirishdagi roli ochib berilgan. Maqolada standartni takomillashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni. 2019-yil 18-iyul, O‘RQ-549-son.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. 2023-yil 11-sentabr.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Turizm sohasida sertifikatlashtirish va litsenziyalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-135-son Qarori.
4. O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2023-yil 7-iyuldagi 05-1560-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan O‘z DSt 3296:2023 “Turizm хizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi” davlat standarti.
5. “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK. (2023). Yulduz toifasiga ega mehmonxonalarga doir talablarni belgilaydigan davlat standarti qabul qilindi. [Online] Mavjud: https://tourquality.uz/uz/press-center/news/prinyat-gosudarstvennyy-standart-ustanavlivayushchiy-trebovaniya-k-gostinitsam-s-zvyezdnoy-kategorie/
6. Gazeta.uz. (2022). Mehmonxonalarga «yulduzlar» yangi standart asosida beriladi. [Online] Mavjud: https://www.gazeta.uz/oz/2022/11/15/hotel-standart/
7. Kun.uz. (2023). Mehmonxonalarga yulduz toifasini berish bo‘yicha yangi davlat standarti qabul qilindi. [Online] Mavjud: https://kun.uz/news/2023/09/04/mehmonxonalarga-yulduz-toifasini-berish-boyicha-yangi-davlat-standarti-qabul-qilindi
8. Xabar.uz. (2023). Mehmonxonalarga yulduz toifasini berish bo‘yicha yangi davlat standarti qabul qilindi. [Online] Mavjud: http://www.xabar.uz/uz/post/mehmonxonalarga-yulduz-toifasini-ber?category=mahalliy
9. Sputnik O‘zbekiston. (2023). Mehmonxonalar “yulduz” olishi bo‘yicha davlat standarti qabul qilindi. [Online] Mavjud: https://oz.sputniknews.uz/20230831/mehmonxona-yulduz-olish-yangi-davlat-standarti-38448931.html
10. UNWTO. (2015). Hotel Classification Systems: Recurrence of Criteria in 4 and 5 Star Hotels. Madrid: World Tourism Organization. [Online] Mavjud: https://www.e-unwto.org/doi/abs/10.18111/9789284416646