MEHMONXONA INFRATUZILMASI SIFATINING TURISTIK MAHSULOT RAQOBATBARDOSHLIGIGA TA'SIRI

Authors

  • Masharipov O‘rolbek Ozod o'g'li Author

Keywords:

mehmonxona infratuzilmasi, turistik mahsulot, raqobatbardoshlik, sifat standartlari, sertifikatlashtirish, O‘zbekiston, xalqaro tajriba.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada mehmonxona infratuzilmasi sifatining turistik mahsulot raqobatbardoshligiga ta'siri tahlil qilinadi. Mehmonxona xo‘jaligi turizm infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismi sifatida sayyohlik jozibadorligini shakllantirishda va mamlakatning turistik brendini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, statistik tahlil va hujjatlarni o‘rganish usullari qo‘llanilgan. O‘zbekiston Respublikasi misolida mehmonxona infratuzilmasi tarkibiy qismlari, ularning sifat ko‘rsatkichlari va turistik mahsulot raqobatbardoshligiga ta'sir qilish mexanizmlari tahlil qilingan. Xususan, O‘zbekiston turizm sohasidagi davlat dasturlari, xalqaro standartlarni joriy etish jarayonlari va mehmonxonalarni sertifikatlashtirish tizimi tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasida sifatli mehmonxona infratuzilmasi turistik mahsulotning asosiy raqobatbardoshlik omili ekanligi, uning mavjudligi va rivojlanganlik darajasi bevosita xorijiy sayyohlar oqimi va turizm daromadlari bilan bog‘liqligi aniqlangan. Maqolada sohani rivojlantirish va raqobatbardoshlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

References

1. O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni. 2019-yil 18-iyul, O‘RQ-549-son.

2. O‘z DSt 3296:2023. O‘zbekiston Respublikasining Davlat standarti. Turizm хizmatlari. Joylashtirish vositalari. Balli tasniflash tizimi. 2023-yil 7-iyul, 05-1560-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. 2023-yil 11-sentabr.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish va turizm sohasi obyektlarini tasniflash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.

5. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi. (2025). Toshkentda yangi xalqaro mehmonxona Mercure Tashkent North ochildi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK. (2025). Mehmonxonada sifat menejmenti.

7. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK. (2025). Mehmonxona xizmatlari sohasida sifat menejmenti tizimi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK. (2025). Mehmonxonalar nega davlat uchun zarur?.

9. Turdiyeva, U. (2024). Turizm xizmatlarining sifati va raqobatbardoshligini oshirishda xalqaro tajriba. (Krouch va Ritchi modeli misolida).

10. Muallif: noma‘lum. (2026). Enhancing competitiveness in accommodation management: sustainability-led strategies for tourism and event destinations. Frontiers in Sports and Active Living.

Published

2026-05-25

How to Cite

[1]
2026. MEHMONXONA INFRATUZILMASI SIFATINING TURISTIK MAHSULOT RAQOBATBARDOSHLIGIGA TA’SIRI. Ustozlar uchun. 96, 3 (May 2026), 161–171.