NAIM KARIMOVNING OYBEK HAQIDAGI ILMMIY TADQIQOTLARIDAN MA'LUMOTLARNI O'RGANISH
Keywords:
Oybek, Naim Karimov, Muso Toshmuhammad oʻgʻli,Abstract
Naim Karimovning Oybek haqidagi ilmiy tadqiqotlari o‘zbek adabiyotshunosligida muhim o‘rin tutadi. Olim Oybek ijodi, uning badiiy mahorati, hayoti va adabiy merosini chuqur ilmiy tahlil qilgan. Xususan, “Oybek”, “Oybek gulshanida qolgan g‘unchalar”, “Oybek va Zarifa”, “Oybek. Mashhur o‘zbek adibining hayoti va ijodidan lavhalar” kabi asarlarida yozuvchining ijodiy faoliyati keng yoritilgan. “Oybek: Tosh ekan bu boshim…”, “Ikki darg‘a”, “Oybek o‘gitlari”, “Oybekning so‘nggi qo‘shig‘i” kabi maqolalari orqali Oybek shaxsiyati va ijodining turli qirralari ochib berilgan.
Naim Karimov tadqiqotlarida Oybek ijodi tarixiylik, milliylik va badiiy-estetik mezonlar asosida tahlil qilinadi. Olim yozuvchining asarlarida xalq ruhiyati, insoniy qadriyatlar va milliy tafakkur ifodasini alohida ta’kidlaydi. Tadqiqotlarda Oybekning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni, uning adabiy muhitga ta’siri hamda ijodiy merosining bugungi avlod uchun ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan. Shu jihatdan Naim Karimovning oybekshunoslikka qo‘shgan hissasi katta ilmiy va ma’naviy ahamiyatga ega hisoblanadi.
References
1. Mirziyoyev Sh.M. Niyatimiz ulug‘, ishimiz xayrli, kelajagimiz yorug‘. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019.Oybek. Adabiyot va san’at masalalari. – Toshkent.
2. Karimov N. Oybek. (Biografik roman-monografiya). – Toshkent: Yosh gvardiya, 1985.
3. Karimov N. Oybek gulshani. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2005.
4. Karimov N. Oybek ijodiy laboratoriyasi va matnshunoslik muammolari // O‘zbek tili va adabiyoti jurnali. – Toshkent, 2012. – № 4. – B. 12-18.
5. Karimov N. XX asr o‘zbek adabiyoti manzaralari: joziba va fojia. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008.