MAG‘RIB VA ANDALUSDA QIROAT ILMINING YOYILISHI HAMDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
Qiroat ilmi, Mag‘rib, Andalus, Imom Nofe‘, Varsh, Qolun, sahih sanad, Usmon mus’hafi, mutavotir, tavotur.Abstract
Ushbu maqolada islom olamida qiroat ilmining shakllanishi, bir qiroatni maqbul va sahih deb hisoblash uchun ulamolar tomonidan ittifoq qilingan uchta asosiy shart hamda ushbu qoidalarning Mag‘rib (Shimoliy Afrika) va Andalus (Musulmon Ispaniyasi) hududlarida yoyilish tarixi tahlil qilingan. Shuningdek, ettita mutavotir qiroat imomlari va ularning roviylari, xususan, Mag‘rib o‘lkalarida bugungi kungacha saqlanib qolgan Imom Nofe‘ qiroati va uning Varsh hamda Qolun rivoyatlari silsilasi ilmiy manbalar asosida yoritilgan.
References
1. Ahmad ibn Aliy ibn Hajar al-Asqaloniy. Fath ul-boriy. – ar-Riyoz: Maktaba ar-Rashiyd, 2001. – J. I. – B. 73.
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va hayot. Qur’on fazilatlari. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2022. – B. 273.
3. Ali Muhammad Tavfiq an-Naxxos. Ta’rif bil-qurro al-ashara va ruvotihim va usul al-qiroat al-ashar. – Tanta: Dor as-Sahoba lit-turos, 2004. – B. 4.
4. O‘sha asar. – B. 8.
5. O‘sha asar. – B. 10.