MUMTOZ G‘AZAL VA TARJIMA SAN’ATI
Keywords:
Hofiz Sheroziy, Shoislom Shomuhamedov, mumtoz g‘azal, tarjimashunoslik, tasavvuf, fors-tojik adabiyoti, o‘zbek tarjimasi, badiiy mahorat, mumtoz she’riyat, falsafiy ruh, Sharq adabiyoti.Abstract
Mazkur maqolada fors-tojik mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi Hofiz Sheroziy g‘azallarining o‘zbek tiliga tarjima qilinishi, xususan, Shoislom Shomuhamedov tarjimalarining badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Unda Hofiz she’riyatidagi tasavvufiy-falsafiy mazmun, ramziy obrazlar va ruhiy kechinmalarning o‘zbek tilidagi talqini yoritilgan Maqolada Hofiz ijodining Sharq va G‘arb adabiyotiga ta’siri hamda uning o‘zbek adabiyotidagi tarjima an’analari haqida ham fikr yuritiladi.
References
Hofiz Sheroziy ijodi asrlar davomida ko‘plab xalqlar adabiyotiga ta’sir ko‘rsatgan. Buyuk nemis shoiri Iogann Volfgang Gyote Hofizni “muqaddas Hofiz” deb atab, uning ta’sirida mashhur “G‘arbu Sharq devoni” asarini yaratgan. Rus adabiyotida Pushkin, Lermontov, Yesenin singari ijodkorlar ham Hofiz she’riyatidan ilhomlanganlar. Sharqda esa Hofiz g‘azallari asrlar davomida hofizxonlik an’analarining asosiy manbalaridan biri bo‘lib kelgan.O‘zbek adabiyotida Hofiz merosini tarjima qilish an’anasi ham boy tarixga ega. Xurshid, Muinzoda, Chustiy, Vasfiy, Erkin Vohidov, Muhammad Kenjabek singari ijodkorlar qatorida Shoislom Shomuhamedov ham bu xazinaning xalqimizga yetib kelishida muhim xizmat qilgan.