QORAXONIYLAR DAVRI ME’MORCHILIGI: SHAKLLANISHI, BADIIY XUSUSIYATLARI VA MARKAZIY OSIYO MADANIY MEROSIDAGI O‘RNI
Keywords:
Qoraxoniylar, me’morchilik, O‘zgand, Burana minorasi, Oysha-bibi maqbarasi, terrakota, epigrafika, Markaziy Osiyo.Abstract
Mazkur maqolada XI–XII asrlarda Markaziy Osiyoda hukm surgan Qoraxoniylar davlati me’morchiligining rivojlanish bosqichlari, badiiy-estetik xususiyatlari hamda mintaqa madaniy taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Qoraxoniylar davrida shakllangan me’moriy uslublarning asosiy belgilari, jumladan, pishiq g‘isht qurilishi, terrakota bezaklari, epigrafik kompozitsiyalar va gumbazli inshootlar rivoji yoritilgan. Shuningdek, O‘zgand majmuasi, Burana minorasi va Oysha-bibi maqbarasi misolida davr me’morchiligining o‘ziga xos jihatlari baholanadi. Tadqiqot natijalari Qoraxoniylar me’morchiligi keyingi Temuriylar davri me’morchilik an’analarining shakllanishida muhim bosqich bo‘lganligini ko‘rsatadi.
References
1. McClary R.P. Medieval Monuments of Central Asia: Qarakhanid Architecture of the 11th and 12th Centuries. Edinburgh University Press, 2020.
2. Хэ Фэн. Историческая память минарета Бурана. Шелковый путь, образ ислама, развитие архитектуры, реставрация. PhD диссертация. Бишкек, 2024.