MUSULMON DUNYOSIDA FITNA VA IXTILOFLARNING BOSHLANISHI HAMDA ULARNING QIYOSIY ILMIY TAHLILI

Authors

  • Rixsiboyev Azimjon Author

Keywords:

Islom tarixida fitna, Umar ibn Xattob shahidligi, Usmon ibn Affon davri, Ichki siyosiy nizolar, Abdulloh ibn Saba’ harakati, Ali ibn Abu Tolib xalifaligi, Muoviya ibn Abu Sufyon, Al-Bidoya van-Nihoya asari, Tarixut Tabariy

Abstract

Ushbu mavzuda musulmon dunyosida fitna va ixtiloflarning paydo bo‘lish sabablari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Xususan, Islom olamidagi ilk yirik fitnaning boshlanishi xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning shahid qilinishlari bilan bog‘liq ekani yoritiladi. Shuningdek, u zotning kuchli siyosati davrida jamiyatdagi barqarorlik va intizomning yuqori darajada bo‘lgani, ammo keyingi davrlarda ijtimoiy-siyosiy sharoitlarning o‘zgarishi bilan ichki nizolar uchun zamin yuzaga kelgani bayon etiladi.

Mavzuda xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhu davrida tashqi tahdidlar bartaraf etilgan bo‘lsa-da, ichki fitnalarning kuchaygani, turli guruhlar va g‘arazli shaxslarning yashirin faoliyati jamiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatgani ochib beriladi. Ayniqsa, yangi musulmon bo‘lgan xalqlar, turli aqidaviy qarashlar va nifoq urug‘ini sochgan shaxslarning ta’siri fitnaning chuqurlashuviga sabab bo‘lgani ta’kidlanadi.

Mazkur ish orqali Islom tarixidagi muhim burilish nuqtalari, sahobalar davridagi siyosiy qarorlar va ularning oqibatlari haqida umumiy tasavvur berilib, fitna va ixtiloflarning kelib chiqish omillari ilmiy asosda yoritiladi.

References

1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qur’oni Karim va o’zbek tilidagi ma’nolar tarjimasi”. – Toshkent: Hilol Nashr, 2018. – 604 b.

2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Tafsiri Hilol”. – Toshkent: Hilol Nashr, 2024. – 636 b.

3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Hadis vs Hayot”, 22-juz - Usmon va Ali roziyallohu anhumo. Toshkent: Hilol Nashr, 2021. – 333 b.

4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Hadis vs Hayot”, 23-juz – Jannat bashorati berilganlar va ahli bayt. Toshkent: Hilol Nashr, 2021. – 358 b.

5. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Hadis vs Hayot”, 32-juz – Fitnalar va qiyomat alomatlari. Toshkent: Hilol Nashr, 2023. – 202 b.6. Muhammad Said Ramazon Butiy. “Mo’minlar onasi Oisha”. Toshkent: Munir nashriyoti, 2022. – 175 b.

7. Doktor Jihad Turboniy. “Islom ummatining 100 nafar buyuk shaxsi”. Toshkent: Munir nashriyoti, 2021. – 664 b.

8. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Islom Tarixi”. Toshkent: Hilol Nashr, 2018. – 510 b.

9. Doktor Ali Muhammad Sallobiy. “Ali ibn Abu Tolib, Shaxsiyyatuhu va asruhu”. Bayrut: Daru Ibnu Kasir, 2015. – 850 b.

10. Ibn Kasir. “Al-bidoya van-nihoya”. Bayrut: Daru Ibnu Kasir, 2009. – 580 b.

11. Imom Tabariy. “Tarixur-rusuli val-muluk”. Qohira: Dorul-ma’orif, 1987. – 580 b.

Published

2026-06-03

How to Cite

[1]
2026. MUSULMON DUNYOSIDA FITNA VA IXTILOFLARNING BOSHLANISHI HAMDA ULARNING QIYOSIY ILMIY TAHLILI. Ustozlar uchun. 97, 1 (Jun. 2026), 462–474.