AKADEMIK LITSEYLARDA FIZIKA- MATEMATIKA FANLARINI O’QITISHDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA ZAMONAVIY AXBOROT VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Keywords:
Yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim olishga qiziqish va ehtiyoj uyg’otish, unga kashf etish lazzatini his ettirish demakdir. Pedagogik texnologiya ta’limda o’quvchilarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to’liq o’zlashtirishga erishish, o’quvchilarning o’z fikrini bayon etishga imkoniyat yaratishdir. Pedagogik texnologiya jarayonida dars o’tishda eng asosiy talab o’quvchining hayotiy tajribasi, avval o’zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko’zda tutadi.Abstract
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, Respublika ta‘lim sohasida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va bu sohada yangidan yangi islohotlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda uzluksiz ta′lim tizimini yanada rivojlantirish, ta′limni barcha bosqichlarini sifatini yaxshilash va xalqaro miqyosdagi raqobatbardosh mutaxasislar tayorlash ishlariga g`oyat katta e′tibor berilmoqda. Ta’lim tizimida o’quv jarayonini tashkil qilishning sifat ko’rsatkichlari bo’yicha jahon andozalari darajasiga ko’tarish zamonaviy pedagogik va axborot texnolagiyalarni yurtimizda keng joriy etish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya atamasi ta’lim jarayoniga yangicha, o’ziga xos belgi va xususiyatlarga ega bo’lgan tizimli yondashuvga asoslanadi. Bu talim jarayoniga innovasion yondashuv demakdir. Yangi ta’limni tashkil etishda jahon pedagogikasi amaliyotida qo’llaniladigan ilg’or metod va usullar, texnika vositalari, o’qitishning shakllarini ta’lim jarayoniga har bir o’quvchi shaxsi, ruxiy o’ziga xosligi, intellektual imkoniyatlari, milliy va ijtimoiy xususiyatlarini inobatga olgan holda olib kirish demakdir.
References
1. Yunusova D.I. Matematikani o`qitishning zamonaviy texnologiyalari, (darslik) T.: 2007
2. Mirzaahmedov M., Rahimqoriyev A., Ismoilov Sh. Matematika, Umumiy o`rta taʼlim maktablari 6-sinfi uchun darslik. –T.: “O`qituvchi”, 2017.
3. Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Moliya nashriyoti
4. www.ziyo.uz.