AN’ANAVIY O‘ZBEK CHOLG‘ULARI ASOSIDA MUSIQIY IDROKNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI (DUTOR VA RUBOB MISOLIDA)
Keywords:
musiqiy idrok, an’anaviy cholg‘ular, dutor, rubob, estetik tarbiya, musiqiy ta’lim, metodika, ritm, ohang.Abstract
Mazkur maqolada an’anaviy o‘zbek cholg‘ulari — dutor va rubob asosida o‘quvchilarda musiqiy idrokni shakllantirishning metodik asoslari yoritiladi. Musiqiy idrokni rivojlantirishda milliy cholg‘ularning o‘rni, ularning badiiy-estetik ta’siri hamda ta’lim jarayonidagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, dutor va rubob ijrosining tinglovchi tasavvurini boyitish, ritm va ohangni anglash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati ochib beriladi.
References
1. Karimov O. Musiqa nazariyasi asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019.
2. Yusupov A. O‘zbek xalq cholg‘u asboblari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.
3. Qodirov F. Musiqiy ta’lim metodikasi. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2020.
4. O‘zbek xalq musiqa merosi. – Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot, 2017.