O‘ZBEK VA JAHON ADABIYOTIDA OTA OBRAZINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI
Keywords:
Obraz, qiyosiy-tipologik metod,badiiy talqin, milliy tafakkur, badiiy-estetik xususiyatlar, milliy mentalitetAbstract
Mazkur maqolada o‘zbek va jahon adabiyotida ota obrazining badiiy talqini Shekspirning “Qirol Lir” tragediyasi va “Tuzning qadri” o‘zbek xalq ertagi, Qamchibek Kenjaning “Baliq ovi” va Isajon Sultonning “Qismat” hikoyalaridagi ota obrazi qiyosiy-tipologik aspektda tahlil qilinadi. Ota timsolining milliy va umuminsoniy xususiyatlari, uning badiiy asar g‘oyasiga ta’siri, Sharq va G‘arb an’analaridagi o‘ziga xoslik o‘zbek va jahon adabiyoti asarlari orqali tadqiq etiladi. Adabiyotda azaldan ota timsoli oila tayanchi, farzandlar kamolotida yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida muhim o‘rin egallab kelgan. Shu nuqtayi nazardan, turli xalqlar adabiyotida yaratilgan ota obrazlarining badiiy-estetik xususiyatlarini o‘rganish, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini tadqiq etish adabiyotshunoslikda muhim masaladir. Tadqiqot natijasida ota obrazining badiiy-estetik xususiyatlari miliy xoslanish, tarixiy-madaniy muhit bilan bog‘liq mushtarak va farqli jihatlar aniqlandi.
References
1. Shekspir U. Tanlangan asarlar. Ikkinchi jild. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti 1981
2. Sulaymonova F. Sharq va G‘arb. Toshkent: O‘zbekiston, 1997.
3. Muhammadjonova G. Qiyosiy adabiyotshunoslik. Farg‘ona: “Classic” nashriyoti, 2025.