ADABIYOTDA DARAXT OBRAZINING BADIIY TALQINI
Keywords:
Daraxt obrazi, milliy xoslanish, folklor, timsol, obraz, ramz, mifologiya, badiiy talqinAbstract
Mazkur maqolada badiiy adabiyotda badiiy detal darajasidan obraz darajasigacha ifodalanuvchi daraxt obrazining badiiy talqini tadqiq etiladi. Daraxtlarning mifologik, ramziy va estetik xususiyatlari folklor va yozma adabiyot materiallari asosida tahlil qilinadi. Daraxtlar turli xalqlar adabiyoti va madaniyatida turli xil ramzlar, milliy-madaniy qadriyatlar timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. Daraxt detail badiiy adabiyotda uch avlodni ifodalovchi timsol sifatida ham ko‘riladi. Daraxt bilan bog‘liq afsona, rivoyatlar xalqlar adabiyoti taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Chunki ular xalqning kelib chiqishi, dunyoqarashi, iqlimiy va madaniy xususiyatlarini birlashtiradi. Tadqiqiot natijasida daraxt timsolining badiiy tafakur taraqqiyotidagi o‘rni hamda uning milliy xoslanish jihatlari aniqlandi
References
1. Zulfiya. Tong bilan shom aro. – Toshkent: Sharq, 2005
2. O‘rayeva D., Rustamova G. O‘zbek folklorida daraxtlar obrazi. – Buxoro, 2016
3. Oripova G. Ayol ijodkorlar she’riyatida daraxt obrazi tasviri. // FarDU ilmiy xabarlari. Tom 31, 102-103-b