KIBERJINOYATLARNING TEXNOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING IJTIMOIY, IQTISODIY VA SIYOSIY TA’SIRI
Keywords:
Kiberjinoyat, kibermakon, kiberxavfsizlik, raqamli tahdidlar, sun’iy intellekt, ijtimoiy muhandislik, iqtisodiy zarar, geostrategik maqsadlar, huquqiy tartibga solish, xalqaro tajriba, raqamli jamiyat, kiberhujumlar, kiberfiribgarlik, ma’lumotlarni himoya qilish, kiberqonunchilik.Abstract
Ushbu maqolada bugungi global raqamli ekotizimda kiberjinoyatlarning texnologik transformatsiyasi, ularning rivojlanish tendensiyalari hamda jamiyat hayotining turli jabhalariga o‘tkazayotgan ko‘p qirrali salbiy oqibatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy kibertahdidlar shunchaki texnik hodisa yoki oddiy dasturiy hujum bo‘lmay, balki geosiyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy miqyosda chuqur asoratlarni yuzaga keltiruvchi murakkab tizimga aylanganligi asoslab berilgan. IoT qurilmalari, bulutli tizimlar, 5G texnologiyalari, sun’iy intellekt va kriptotexnologiyalarning jadal rivojlanishi kiberjinoyatlarni yanada xavfli va noaniq shakllarga olib kelayotgani yoritilgan. Global miqyosdagi ushbu transformativ tahdidga samarali qarshi turish uchun malakali kadrlar tayyorlash, raqamli savodxonlik va kibermadaniyatni yuksaltirish, transmilliy hamkorlikni mustahkamlash hamda huquqiy standartlarni takomillashtirish kabi strategik tavsiyalar ilgari surilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023;
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – Toshkent: Adliya vazirligi nashriyoti, 2023;
3. O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (2003 yil 11 dekabr);
4. O‘zbekiston Respublikasi “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni (2019 yil 2 iyul);
5. Ro‘ziyev R.N., Salayev N.S. Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga oid milliy va xalqaro standartlar: monografiya. — Toshkent: TDYU, 2018;
6. Anorboyev A.U. Kiberjinoyatlarning jinoiy-huquqiy jihatlari: dissertatsiya. — Toshkent, 2020.