AFV ETISH AKTI ASOSIDA JAZODAN OZOD QILINGAN SHAXSLARNING REABILITATSIYASINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
afv etish, jazo, ijtimoiy reabilitatsiya, postpenitensiar yordam, qayta ijtimoiylashtirish, huquqiy moslashuv, probatsiya, monitoring, innovatsion menejment, xalqaro standartlar.Abstract
Ushbu maqolada jinoyat-ijroiya huquqi va kriminologiya sohasining dolzarb muammolaridan biri — afv etish akti asosida jazodan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va qayta ijtimoiylashtirishning tashkiliy-huquqiy hamda ijtimoiy-psixologik xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda afv etish instituti orqali ozodlikka erishgan shaxslarning jamiyatga moslashish jarayonidagi o‘ziga xos bosqichlar, ularning huquqiy maqomi, ruhiy determinanti hamda ushbu jarayonni tashkil etishda davlat va jamoat tashkilotlarining funksional hamkorligi xalqaro andozalar va milliy qonunchilik prizmasidan yoritilgan. Shuningdek, reabilitatsiya tizimini raqamlashtirish, postpenitensiar monitoring va xavf-xatarlarni boshqarish mexanizmlari huquqiy hamda amaliy jihatdan asoslab berilgan. Maqola yakunida afv etilgan shaxslarni qayta ijtimoiylashtirish tizimining tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan tizimli ilmiy-amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023;
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi. – Toshkent: Adliya vazirligi nashriyoti, 2023;
3. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. – Toshkent: Adliya vazirligi nashriyoti, 2023;
4. O‘zbekiston Respublikasining "Aholini bandligi to‘g‘risida"gi Qonuni;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Probatsiya xizmati faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qaror va Farmonlari to‘plami;
6. BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomala qilish bo‘yicha Tokio qoidalari (Metropoliten boolmagan jazolarga oid minimal standart qoidalar). – Nyu-York: BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi.