SHUHRATNING “OLTIN ZANGLAMAS” ROMANIDA VATAN XOINI XARAKTERI TALQINI DILOVARXO’JA OBRAZI MISOLIDA
Keywords:
Shuhrat, “Oltin zanglamas”, Sodiq, Dilovarxo‘ja, salbiy obraz, Vatan xoinligi, e’tiqod, xarakter talqini, tubanlik, qo‘rqoqlik, badiiy mahorat.Abstract
Ushbu maqolada taniqli adib Shuhratning “Oltin zanglamas” romani badiiy tuzilishi, undagi ijobiy va salbiy obrazlar ziddiyati atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda bosh qahramon Sodiqning metin e’tiqodiga qarama-qarshi o‘laroq yaratilgan Dilovarxo‘ja obrazi misolida Vatan xoinining badiiy talqini va psixologik qiyofasi ochib berilgan. Muallif qahramonning oila, ona, farzand va Vatan kabi muqaddas tushunchalarga bo‘lgan tuban munosabatini, uning xudbinlik, qo‘rqoqlik va sotqinlik kabi xususiyatlarini matniy dalillar (dialog va ichki kechinmalar) asosida yoritadi. Maqolada inson ma’naviyatsizligi va e’tiqodsizligining fojiaviy oqibatlari adabiy tahlil obyekti qilib olingan.
References
1. Oybek adabiy hikmatlaridan https://oyina.uz/uz/teahause/63
2. Umarali Notmarov “ Oltin zanglamas” «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2013 yil 17-soni
3. Shuhrat “Oltin zanglamas” «Zukko Kitobxon» Toshkent - 2022