PEDOGOGIK MAHORATDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI QANCHALIK MUHIM AHAMIYAT KASB ETMOQDA?
Keywords:
Biz bugun vizual asrda yashayapmiz. Zamonaviy bolalarni uzoq va bir xil ohangdagi ma’ruzalar bilan darsda ushlab turish imkonsiz. Shu sababli darsga geymifikatsiya (o‘yinlashtirish), keys-stadi (muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) va SI integratsiyasini olib kirish bolaning bilim olishiga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu uslublar bolani shunchakiAbstract
Bugungi kun pedagog dars xonasiga kirar ekan, qarshisida mutlaqo yangicha fikrlaydigan, ma’lumotlarni soniyalar ichida qabul qiladigan va virtual dunyo bilan hamnafas yashayotgan avlodni ko‘radi. Shunday sharoitda an’anaviy dars o‘tish uslublari, quruq ma’ruzalar yoki faqat darslik bilan cheklanish o‘z samarasini yo‘qotib bormoqda. Zamonaviy ta’lim pedagog oldiga mutlaqo yangi talabni qo‘ydi ya’ni endi haqiqiy pedagogik mahorat nafaqat o‘z fanini mukammal bilishda, balki raqamli texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt imkoniyatlarini dars jarayoniga to‘g‘ri olib kira olishda namoyon bo‘lmoqda. Jamiyatda ko‘pchilikni bir savol o‘ylantirishi tabiiy, ya’ni texnologiya rivojlangan asrda o‘qituvchining shaxsiy mahorati o‘z qiymatini yo‘qotmaydimi? Aksincha, sun’iy intellekt ta’limga kirib kelishi o‘qituvchining pedogogik mahoratini yanada yuksalishiga olib keladi. U endi shunchaki axborot beruvchi emas, balki bolaning qobiliyatlarini ochib beruvchi yo‘l ko‘rsatuvchiga aylanishi lozim. Dars jarayonida zamonaviy va interaktiv uslublardan foydalanish, darslarni sun’iy intellekt ko‘magida tashkil etish bolalarning ilm olishga bo‘lgan munosabatini butunlay o‘zgartiradi, ularda shunchaki yodlash emas, balki tanqidiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmasini shakllantiradi.
References
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ta’lim tizimidagi yangilanishlar va sun’iy intellektning kirib kelishi pedagogik mahoratni cheklab qo‘ymaydi, aksincha, uni yangi, yuksakroq bosqichga olib chiqadi. Texnologiyalar asrida o‘qituvchining vazifasi faqatgina tayyor bilimlarni uzatishdan iborat bo‘lib qolishi bu ta’limning ham, kelajak avlodning ham tanazzulidir. Bugungi davr pedagogi texnologiyadan cho‘chiydigan emas, balki uni o‘z mahoratiga bo‘ysundira oladigan yetakchi bo‘lishi shart.