VEKTORLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR.

Authors

  • Gavharova Muxayyo Mahkambayevna Author

Keywords:

Harakat tezligi, tezlanish, kuch, magnit va elektr maydonining kuchlanganligi kabi kattaliklar vektor miqdorga misol bo’ladi. 2.2. Vektor tushunchasi. Vektor kattalik (miqdor) lar vektor ko’rinishida tasvirlanadi. 6.1-ta‘rif. Yo’nalgan kesma vektor deyiladi. Boshlanish (bosh) nuqtasi А va oxirgi nuqtasi В bo’lgan vektorni АВ (yoki АВ ) kabi yozish qabul qilingan. Ba‘zan vektorni bitta harf bilan а  (yoki а ) kabi belgilanadi. А va В nuqtalar orasidagi masofa АВ vektorning uzunligi deyiladi. АВ vektorning uzunligini uning moduli ham deb yuritiladi va АВ ko’rinishda belgilanadi.

Abstract

Kundalik hayotimizda: institutning eng keksa o’qituvchisining yoshi nechada?; ma‘lum quduqdan bir kecha-kunduzda qancha neft olinadi?; fakultet talabalari bir kunda qancha paxta teradi?; Bobomurod traktorchi bir kunda qancha yer haydaydi?; korxona bir kunda necha metr mato ishlab chiqardi?; xonadagi havoning harorati qanday; bir dona to’la ochilgan paxta ko’sagining massasi qancha?; ishchi bir kunda qancha g’isht terdi?; zavod bir kecha-kunduzda qancha neftni qayta ishlaydi? kabi savollarga duch kelamiz. Bu savollarning barchasiga bitta aniq son yordamida to’liq javob olish mumkin. Boshqacha aytganda bu yerda miqdor o’zining faqatgina son qiymati bilan to’la aniqlanadi. O’zining son qiymati bilan to’liq aniqlanadigan miqdorlar skalyar miqdorlar deyiladi. Uzunlik, yuza, hajm va harorat skalyar miqdorga misol bo’la oladi. 

References

1. Mirzaahmedov M., Rahimqoriyev A. Matematika 7-sinf. Toshkent. 2007 yil.

2. Alimov Sh., Xolmuhammedov O., Mirzaahmedov M., Algebra 8-sinf. Toshkent. 2010-yil.

3. Ismoilov Sh.,Qo’chqorov A., Abdurahmonov B., Tengsizliklar-2. Isbotlashning zamonaviy usullari. Toshkent,2008 yil, 53 bet.

Published

2026-06-20

How to Cite

[1]
2026. VEKTORLAR VA ULAR USTIDA AMALLAR. Ustozlar uchun. 98, 2 (Jun. 2026), 287–294.