XOTIRASI QALBLARDA MANGU.
Keywords:
Viloyat teatrda dastlab o’zbek milliy musiqa san’atining Farg’ona, Toshkent yo’li bilimdonlaridan Usta Ro’zimatxon Isabayev, Razzoq Hamroyevlardan tahsil olgan. Bunday san’at dargohida aktrisa, Halima (G’.Zafariy “Halima”), Shirin (A. Navoiy “Farxod va Shirin”), Layli (A.Navoiy “Layli va Majnun”), Turandot (Q. Goss “MAlikai Turandot”), Klariche (K.Gal’doni “Ikki boyga bir malay”) kabi obrazlarni yaratar ekan, bularning hammasi o’zbek sahnasiga iste’dodli aktrisa kirib kelayotganidan dalolat berar edi.Abstract
Bir-birini takrorlamas rollari bilan xalq orasida mashxur bo’lgan, Farmonbibi nomi bilan ko’p qalblardan joy olgan O’zbekiston xalq artisti, aktrisa-Tursunxon Ja’farovadir.
Munis va go’zal, halol va mard, sadoqat-iqbolli, iymon-e’tiqodli o’zbek ayollari obrazlarini meyoridan ham ortig’i bilan yaratishga muvaffaq bo’lgan aktrisalarimizdan edilar.
O’zlarining rollari bilan kinolarda obrazlar yaratish bilan birgalikda teatr sahnalarida ham ijod qilgan ustoz edilar.
16 yosh bo’lishiga qaramasdan teatr ostonasiga qadam qo’ygan qizaloq yillar o’tishi bilan ijro etgan rollari bilan insonlar qalbidan chuqur joy egallaydi deb kim ham o’ylagan. Asli namanganlik bo’lgan aktrisa 1917 yilda tavallud topgan. Namangan shaxridagi havaskorlik drama to’garagiga kirib kelganda 16 yoshda edi. Bu drama to’garagi asosida o’zbek milliy sahna san’atining otaxon teatrlaridan biri poydevor olib, faoliyat yurita boshlagan o’sha suronli yillarda Tursunxon ham, Lutfixonim Sarimsaqova, Xalima Nosirova , Zamira Hidoyatova, Tursunoy Saidazimovalar safida jasorat ko’rsatib, sahnaga chiqdi. Xalqimiz uchun o’sha murakkab davrlarda ayollarimizning sahnaga chiqishlarining ozi qahramonlik bilan teng edi.
References
1. Hamroyev, R. Xotira va mulohazalar. – Toshkent.
2. Said Ahmad. Kelinlar qoʻzgʻoloni. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti.
3. Gʻulom, X. Toshbolta oshiq. – Toshkent.