NAMANGAN SHAHRINING SHAKLLANISH TARIXI
Keywords:
Mazkur asarda “Jome'i Ahmad bin Sa'duddin al-Oʻzganiy an-Namongoniy (ya'ni avval Oʻzganlik, soʻngra Namongonlik Sa'duddin oʻgʻli Ahmadning toʻplami) degan soʻzlar bitilgan. Bundan ma'lum boʻladiki, Sa'duddin bin Ahmad avval Oʻzganda yashab, soʻngra Namangan kelib yashagan. Bu yerda yashab turgan davrda “Tazkirayi Bugʻroxoniy” asarini yozgan. Demak, Namangan nomi X asr yozma manbaasida zikr etilgan ekan.Abstract
Soʻnggi yillarda qurilish kommunikasiya maqsadlaridagi yer ishlarini olib borish jarayonida shaharning yoshiga aniqlik kirituvchi bir qancha sopol topilmalar qoʻlga kiritildi. Ana shu topilmalar X asrga oid ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari shaharni Sardoba dahasida koʻp qavatli uzun qazilgan katta chuqurdan madaniy qatlam va topilgan buyumlarning IX-XI asrlarga tegishli ekanligi hamda Qoraxoniylar davriga oid mis chaqalar topildi. Topilgan sopollarda shu idishdan ovqat yeganlarga baraka, moʻl-koʻlchilik tilangan arabcha koʻfiy yozuv bor.
Hozirgi kundagi asosiy topilmalar IX-XI asrlarga, ya'ni Somoniylar va Qoraxoniy davriga mansub buyumlar qoldiqlaridan iboratdir. Bu topilmalar ichida Buyuk ipak yoʻli oʻtganligini tasdiqlovchi Vizantiyaning rangli shisha buyumlar siniqlari harakterlidir.
References
Qoʻqon xonligining qoʻshni mamlakatlarda ip-kalavasi ham mashhur boʻlib, xonlikdagi eng yuqori sifatli kalava Namanganniki hisoblangan. Namangan turli xildagi oʻsimliklardan turli rangdagi sifatli boʻyoq tayyorlash va ip gazlama, ipak ip hamda ipak matolarni boʻyash kasbi bilan ham taniqli edi.
Namangan Qoʻqon kabi xonlikning muqovalash hunari rivojlangan shaharlaridan boʻlib, bu yerda charm va qogʻozdan yaratilgan muqovalar Oʻrta Osiyoning yirik markazlari-Samarqanda va Xivada tayyorlangan muqovalardan qolishmas edi.