CHUST PICHOG‘I – O‘ZBEK MILLIY HUNARMANDCHILIGINING DURDONASI
Keywords:
Chustda anʼanaviy pichoqlarning juda koʻp turlari mavjud boʻlib, ularning har biri oʻz maqsadiga ega. Oshxonada ishlatish, goʻshtni kesish yoki sabzavotlarni tozalash va maydalash uchun pichoqlar mavjud. Hatto mevalarni tozalash uchun maxsus kichik pichoqlar, ovchilar uchun qulay pichoqlar, daraxtlarni kesish uchun ham maxsus pichoqlar ham bor. Chust ustalari yasagan pichoqlar boshqa pichoqlardan keskin farq qiladi. Pichoqning dasta hamda tigʻi uzunroq, tigʻining uchi tashqariga, dastasining uchi ichkariga tomon qayrilgan boʻladi. Chust shahrida pichoqchilik anʼanalari hali ham davom etib kelmoqda.Abstract
Chust pichog’i – Namangan viloyatida vodiyning eng qadimiy shaharlaridan biri boʻlgan Chust shahrida usta hunarmandlar tomonidan tayyorlanadi. Chust pichogʻi nafaqat chiroyli, balki gʻayrioddiy vazifalarni ham bajara oladi: u sochni osongina kesadi. Tigʻini toʻgʻri oʻtkirlasa, juda uzoq yillar xizmat qiladi. Oʻzbekistonda „Chust pichogʻi atamasi „Yuqori sifatli pichoq“ iborasi bilan ma’nodosh sanaladi. Мil. avv. VIII asrda Bibiona qadamjosida mahalliy aholi pichoqchilk hunari bilan shugʻullanishgan. Mil. avv. VIII asrdan to XV asrga qadar Chustda faqat pichoq ishlab chiqarilgan. Shu sababli butun dunyoga Chust pichog’i nomi mashhur bo’lgan. Bugungi kunda „yorma“, „bodomcha“, „chamandasta“, „chumchuq“ va „etik sopli“ pichoqlari yasalib, chet elga eksport qilinmoqda. Chust milliy pichoqlari koʻhna va qadimiy boʻlib, qoʻl mehnati bilan tayyorlanganligi sababli dunyoning barcha mamlakatlarida xaridorgir mahsulot hisoblanadi.
References
1. Karimov Q. Oʻzbek xalq amaliy bezak sanʼati va hunarmandchiligi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2010.
2. Bulatov S. Oʻzbek xalq amaliy sanʼati. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1991.
3. Abdugʻaniyev A. Oʻzbek hunarmandchiligi tarixi. – Toshkent: Fan, 2008.
4. Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi. 12 jild. – Toshkent: Oʻzbekiston Milliy