O‘LMAS UMARBEKOVNING “YOZ YOMG‘IRI” QISSASI POETIKASI: SYUJET, KOMPOZITSIYA VA BADIIY TASVIR VOSITALARI
Keywords:
poetika, syujet, kompozitsiya, badiiy detal, peyzaj, portret, dialog, ichki monolog, psixologizm, retrospektiv syujet, detektiv unsur.Abstract
Mazkur maqolada O‘lmas Umarbekovning “Yoz yomg‘iri” qissasining poetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarning syujet qurilishi, kompozitsion yaxlitligi hamda yozuvchi qo‘llagan badiiy tasvir vositalari adabiyotshunoslik mezonlari asosida o‘rganiladi. Muallif voqealarni retrospektiv usulda bayon etish orqali qahramonlarning ruhiy olamini chuqur ochib beradi. Qissada detektiv syujet, psixologik tahlil, peyzaj, portret, dialog, ichki monolog va badiiy detal kabi poetik unsurlar uyg‘unlashib, asarning g‘oyaviy-badiiy mukammalligini ta’minlaganligi ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Tadqiqot davomida asardan olingan iqtiboslar orqali yozuvchining badiiy mahorati ochib beriladi.
References
1. Yoz yomg‘iri. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1984.
2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980.
3. Hotam Umurov. Badiiy ijod asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.
4. Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Akademnashr, 2018.
5. Ozod Sharafiddinov. Ijodni anglash baxti. – Toshkent: Ma’naviyat, 2004.