KITOBXON ISTAGI – E'TIBOR MARKAZIDA
Keywords:
Mazkur vazifalarni samarali amalga oshirishda axborot-kutubxona fondlarini mazmunan boyitish, zamonaviy va kitobxonlar talabiga mos adabiyotlar bilan muntazam to‘ldirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan, Namangan viloyati Mingbuloq tumani Axborot-kutubxona markazida kitob fondini shakllantirish va rivojlantirish jarayonida kitobxonlarning ehtiyojlari, mutolaa yo‘nalishlari hamda zamonaviy adabiyotlarga bo‘lgan talabi tizimli ravishda o‘rganilib, fondni sifat jihatidan takomillashtirishga ustuvor e'tibor qaratilmoqda.Abstract
Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish hamda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida axborot-kutubxona markazlari zimmasiga nafaqat axborot resurslarini saqlash va ulardan foydalanishni tashkil etish, balki kitobxonlarning ma'naviy-intellektual ehtiyojlarini qondirish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish hamda jamiyatda kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlash kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
References
Kelgusida ham Mingbuloq tumani Axborot-kutubxona markazi faoliyatida kitob fondini sifat va mazmun jihatidan yanada boyitish, kitobxonlarning fikr va takliflarini muntazam o‘rganish, ularning axborot ehtiyojlariga mos xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda zamonaviy kutubxonachilik tajribalarini amaliyotga izchil joriy etish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi. Zero, kitobxon manfaatini ustuvor deb biladigan, boy va zamonaviy fondga ega axborot-kutubxona markazi jamiyatning ma'naviy taraqqiyoti, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.