KITOBXONLIK – YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MA'NAVIY POYDEVORI

Authors

  • Xudayberganova Umida Mexmanaliyevna Author

Keywords:

So‘nggi yillarda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilmoqda, elektron kutubxonalar va raqamli axborot resurslari shakllantirilmoqda. Bularning barchasi aholining sifatli axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Abstract

Bugungi globallashuv, raqamli texnologiyalar va axborot almashinuvi shiddat bilan rivojlanayotgan davrda insonning bilim olishga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti, iqtisodiy rivojlanish, ilm-fan yutuqlari hamda ma'naviy yuksalishning muhim omillaridan biri kitobxonlik madaniyatining yuksak darajada shakllanganidir. Shu bois Yangi O‘zbekistonda kitobxonlikni rivojlantirish, aholining mutolaa madaniyatini oshirish va axborot-kutubxona xizmatlarini takomillashtirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

References

Xulosa qilib aytganda, kitobxonlik jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Bilimli, keng dunyoqarashli, zamonaviy fikrlaydigan va yuksak ma'naviyatli avlodni tarbiyalashda kitobning o‘rni beqiyosdir. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishishda axborot-kutubxona markazlari, axborot-bibliografiya xizmatlari hamda kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan tizimli ishlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, kitob o‘qiydigan jamiyat tafakkur qiladi, tafakkur qiladigan jamiyat esa har qanday taraqqiyotning mustahkam poydevorini yaratadi.

Published

2026-07-13

How to Cite

[1]
2026. KITOBXONLIK – YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING MA’NAVIY POYDEVORI. Ustozlar uchun. 99, 1 (Jul. 2026), 337–339.