SHE'RIYATDA FOLKLORIZM: 2016–2018-YILLAR O'ZBEK SHE'RIYATI MISOLIDA

Authors

  • MAXMUDOVA FERUZA MUHAMMAD QIZI Author

Keywords:

folklorizm, o'zbek she'riyati, folklor motivlari, folklor obrazlari, janr transformatsiyasi, Alpomish, Layli-Majnun, o'lan, marosim folklori, zamonaviy she'riyat.

Abstract

Ushbu maqolada folklorizm tushunchasining nazariy-adabiy mohiyati va uning 2016–2018-yillar o'zbek she'riyatida namoyon bo'lish xususiyatlari tahlil qilinadi. Folklorizmning motiv, obraz, janr va uslub darajalaridagi ko'rinishlari nazariy jihatdan tasniflanadi hamda ushbu tasnif asosida bir qator zamonaviy shoirlar (Bahodir Bahrom, Nozima Habibullayeva, Eshqobil Shukur)ning 2016–2018-yillarga oid she'rlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida folklorizmning zamonaviy o'zbek she'riyatida bir tekis emas, balki turli “zichlik” darajalarida — kuchli (obraz-syujet darajasi)dan tortib yengil (uslubiy) darajagacha — namoyon bo'lishi asoslanadi.

References

1. Eshanova Z.Q. Istiqlol davri o'zbek she'riyatida xalq dostonlari sintezi // FarDU. Ilmiy xabarlar. – 2025. – №3. – B. 27-32.

2. Jo'rayev M., Eshonqulov J. Folklorshunoslikka kirish: o'quv qo'llanma. – Toshkent: Barkamol fayz media, 2017. – 180 b.

3. Sharipova L.F. XX asrning ikkinchi yarmi o'zbek she'riyati badiiy taraqqiyotida folklor: Filol. fanlari doktori (DSc) ... diss. – Toshkent: O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, 2019.

4. Mamiraliyev Q.Q. Istiqlol davri o'zbek she'riyatida janrlar modifikatsiyasi. – Toshkent: Anorbooks, 2024.

5. Xolova M.A. O'zbek modern she'riyati poetikasi: Filol. fan. bo'y. fals. dok. (PhD) ... diss. – Samarqand davlat universiteti, 2018.

6. Oripova G.M. Mustaqillik davri o'zbek lirikasi: janr xususiyatlari va poetikasi: Filol. fan. dok. (DSc) ... diss. – Farg'ona davlat universiteti, 2024.

7. Sulaymon T. Jahonnoma: dostonlar, ertaklar, hikoyalar, ocherklar. – Toshkent, 1996. – 224 b.

8. Bahrom B. Kuz; Meni darvesh demang // She'rlar. – 2017. [Elektron manba: Xurshid Davron kutubxonasi, kh-davron.uz]

9. Habibullayeva N. Taraddud; [nomsiz she'r] // She'rlar. – 2017-2018. [Elektron manba: Xurshid Davron kutubxonasi, kh-davron.uz]

10. Shukur E. Sayrayotgan sukunat; Qishloqqa qaytish // O'zbekiston adabiyoti va san'ati gazetasi. – 2018. – 16-mart soni.

Published

2026-07-18

How to Cite

[1]
2026. SHE’RIYATDA FOLKLORIZM: 2016–2018-YILLAR O’ZBEK SHE’RIYATI MISOLIDA. Ustozlar uchun. 100, 1 (Jul. 2026), 35–40.