BOJXONA NAZORATI OSTIDAGI TOVAR VA TRANSPORT VOSITALARINI INSON OMILISIZ MASOFADAN TURIB NAZORAT QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Authors

  • H.D.Hayitov Author

Keywords:

Shu bilan birga, dron texnologiyalarini bojxona tizimida joriy etishda qator tashkiliy, huquqiy va texnik masalalar ham mavjud. Ular qatoriga — dronlar parvozini litsenziyalash, xavfsizlik qoidalarini belgilash, maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlashda ularning chiqib ketishini oldini olish, shuningdek operatorlar tayyorlash kiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish va ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi”gi Nizomga muvofiq fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibini belgilangan.

Abstract

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasida bojxona nazorati tizimini raqamlashtirish va zamonaviy axborot-texnikaviy vositalar bilan taʼminlash yoʻnalishida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish, chegara hududlarida xavfsizlikni taʼminlash hamda kontrabandaga qarshi kurashishda yangi texnologiyalardan samarali foydalanish dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

Shu jihatdan, uchuvchisiz uchadigan apparat (dron) larni bojxona nazorati jarayonlariga joriy etish nafaqat tezkor axborot yigʻish va hududlarni kuzatish imkoniyatini yaratadi, balki nazoratning qamrovini kengaytirish, inson omilini kamaytirish va xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

References

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil

15-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 658-son qarori

2. CBPʼs 20th Anniversary History: The Establishment of U.S. Customs and Border Protection, https://www.cbp.gov/about/history/cbp-20-20-establishment

3. Inside the control room that sends drones to catch people smugglers on the English Channel, https://news.sky.com/story/inside-the-control-room-that-sends-drones-to-catch-people-smugglers-on-the-english-channel-12079722

4. Maritime Border Command, https://www.abf.gov.au/about-us/what-we-do/border-protection/maritime

5. “Drones in Indian Customs: What are the Rules?”, https://nexttools.net/are-drones-allowed-in-indian-customs/

6. “Dubai Customs innovates with drones, AI and the Metaverse to secure UAEʼs borders”, https://english.alarabiya.net/News/world/2023/03/17/Dubai-Customs-innovates-with-drones-AI-and-the-Metaverse-to-secure-UAE-s-borders

7. “RCMP boosts Canada–U.S. Border Security with a new RPAS corridor”, https://rcmp.ca/en/news/2025/08/rcmp-boosts-canada-us-border-security-new-rpas-corridor

Published

2025-10-28

How to Cite

[1]
2025. BOJXONA NAZORATI OSTIDAGI TOVAR VA TRANSPORT VOSITALARINI INSON OMILISIZ MASOFADAN TURIB NAZORAT QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. Ustozlar uchun. 82, 1 (Oct. 2025), 359–365.