SOLIQ TUSHUMINING YILLIK O‘SISH SUR’ATLARI STATISTIK TAHLILI
Keywords:
Kalit so‘zlar: soliq tushumi, fiskal siyosat, iqtisodiy o‘sish, raqamlashtirish, tahlil, byudjet barqarorligi, soya iqtisodiyot, fiskal islohotlar.Abstract
Anotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida soliq tushumlarining yillik o‘sish sur’atlari statistik jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotda 2019–2024-yillar oralig‘ida O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi va Jahon bankining ochiq ma’lumotlari asosida soliq tushumlarining dinamikasi, ularning o‘sish omillari hamda fiskal siyosatdagi islohotlarning natijalari o‘rganildi.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda soliq tushumlari o‘rtacha 13–15% atrofida o‘sib, davlat byudjeti barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Raqamlashtirish, soliqqa tortish bazasining kengayishi va soya iqtisodiyot qisqarishi soliq tushumlarining ijobiy o‘sishiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda soliq intizomining sustligi, mintaqalar o‘rtasidagi tafovutlar va iqtisodiyotning xomashyo eksportiga tayanishi o‘sishni cheklovchi omillar sifatida qayd etilgan.
Muammolarning yechimi sifatida soliq tizimini raqamlashtirishni chuqurlashtirish, kichik biznesni soliqqa jalb qilish, soliq ma’murchiligini takomillashtirish hamda hududlar kesimida fiskal barqarorlikni mustahkamlash yo‘nalishlari taklif etiladi.
References
1. [Musaeva N. (2021). O‘zbekiston Respublikasida soliq siyosatini takomillashtirish yo‘nalishlari. TDIU ilmiy jurnali.
2. OECD (2023). Tax Revenue Statistics in Asia and the Pacific. Paris.
3. Davlat statistika qo‘mitasi (2024). O‘zbekiston iqtisodiy ko‘rsatkichlari to‘plami. https://stat.uz
4. Moliya vazirligi (2024). Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobot. https://mf.uz
5. IMF (2023). Fiscal Transparency and Revenue Dynamics in Emerging Economies. Washington DC.
6. World Bank (2024). Uzbekistan Public Finance Review. Washington DC.
7. Stiglitz J. (2015). Economics of the Public Sector. W.W. Norton & Co.