LEGAL TECH VOSITALARI ADVOKAT ISH SAMARADORLIGIGA QANDAY TA’SIR QILADI?

Authors

  • Shoxruxbek Ne’matilla o‘g‘li Abdunabiyev Author

Keywords:

LegalTech, raqamli transformatsiya, advokatlik amaliyoti, avtomatlashtirish, O‘zbekiston, raqamli huquq.

Abstract

Raqamli texnologiyalar inqilobi yuridik amaliyotning tub mohiyatini o‘zgartirmoqda. Ushbu maqolaning asosiy maqsadi  - ayni shu o‘zgarishlar davrida O‘zbekiston advokatlik amaliyotiga yuridik texnologiyalar (LegalTech) vositalarining kirib kelishi samaradorlikka va ish o‘rinlari tuzilmasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot sifatli komparativ-huquqiy metodologiya asosida olib borilib, “Adliya-2030” va “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyalari hamda PF-5987, PF-5997, PF-6079 farmonlari kontekstida tahlil qilindi. Shuningdek, global LegalTech bozorining jadal o‘sishi kabi statistikalar lokal sharoitga moslashtirib baholandi1. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, hujjat avtomatlashtirish vositalari advokatlarning hujjat tayyorlash vaqtini o‘rtacha 54 % gacha qisqartirishi mumkin, biroq bu samaradorlik ularning raqamli tayyorgarligi darajasiga bevosita bog‘liq. LegalTech an’anaviy, takrorlanuvchi ishlarni qisqartirgan holda, “LegalTech mutaxassisi” kabi yangi kasblarni shakllantirmoqda. Xulosa qilib aytganda, tadqiqot O‘zbekiston yuridik tizimida raqamli texnologiyalarni amaliy integratsiya qilish va yuridik kadrlarni innovatsion malaka oshirishga yo‘naltirish zarurligini ta’kidlaydi.

References

Grand View Research. (2024). Legal Technology Market Report 2024- 2030.

Arizton. (2024). Legal Tech Market Outlook 2023-2029.

American Bar Association. (2025, March 3). Survey on Legal Tech Trends.

Dentons. (2025, May 6). First AI Bill Reaches Uzbekistan Parliament.

DLA Piper. (2024). Data Protection Laws in Uzbekistan.

Thomson Reuters. (2025). The State of the Legal Market Report.

Published

2025-11-11

How to Cite

[1]
2025. LEGAL TECH VOSITALARI ADVOKAT ISH SAMARADORLIGIGA QANDAY TA’SIR QILADI?. Ustozlar uchun. 83, 2 (Nov. 2025), 250–257.