TALABALARNING MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA MUSTAQIL TAʼLIMNING ROLI
Keywords:
Mantiqiy tafakkur,tanqidiy fikrlash,muammoli vaziyat,mustaqil oʻrganish,analiz va sintez,induktiv va deduktiv usullar,mantiqiy amallar,aqliy hujum,kognitiv qobiliyatlar,fikrlash kompetensiyalari,oʻquv faoliyati,mustaqil ish,metodik yondashuv, strategik rejalashtirishAbstract
Zamonaviy taʼlim tizimining asosiy maqsadlaridan biri talabalarni shunchaki maʼlumotlar toʻplami bilan qurollantirish emas, balki ularda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va xulosalar chiqarish koʻnikmalarini rivojlantirishdir. Mustaqil taʼlim aynan mana shu jarayonda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. U talabalarga oʻquv materiallarini chuqur oʻzlashtirish, turli manbalardan foydalanish va olingan bilimlarni tizimlashtirish imkonini beradi. Natijada, talaba passiv tinglovchidan faol tadqiqotchiga aylanadi. Mustaqil taʼlim jarayonida talabalar muammolarni aniqlash, ularga yechim izlash va oʻz fikrlarini mantiqiy asoslashni oʻrganadilar.Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim sohasida olib borayotgan siyosati, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ega boʻlgan, ijodiy va ijtimoiy faol, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil holda harakat qila oladigan, kelajakka qaratilgan vazifalarni qoʻya olish va ularni yechishga qodir boʻlgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirish talabini qoʻymoqdaki, bu oliy taʼlim tizimida mustaqil oʻqish-izlanish faoliyatiga alohida eʼtiborni talab etadi. Ushbu maqolada mustaqil taʼlimning talabalar mantiqiy tafakkurini shakllantirishdagi oʻrni, uning samaradorligini oshirish mexanizmlari va bu boradagi pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi
References
Azizov U. Kredit modul tizimi va uning oʻziga xos xususiyatlari.
http://uzbekistonovozi.uz/uz/articles/index.php.ECTIONID=161&ELEM ENT
Кениг, Кэтрин; WJ McKeachie (июнь 1959 г.). «Личность и самостоятельное обучение». Журнал педагогической психологии. 50 (3). DOI: 10.1037/h0041286.
Мур, Майкл Грэм (1973). «К теории самостоятельного обучения и преподавания». Журнал высшего образования: 661-679.
Хендерсон, Юан. С. (1984). «Введение: теоретические взгляды на образование взрослых». В Хендерсоне, Юан. 5.; Натенсон, Майкл Б. (ред.). Самостоятельное обучение в высшем образовании. Энглвуд Клиффс, Нью-Джерси: Публикации по образовательным технологиям. С. 3-56. ISBN 978-0-87778-188-2. Проверено 25 мая 2013 года.
Филатова Л.М. Тенденции изменения спроса на высшее образование: предпосылки, возможности, риски // Вопросы образования. 2014. № 5 (84). С. 32-48.
Khasanova, G. K. (2022). THE NEED FOR TECHNOLOGY IN THE DESIGN OF THE PEDAGOGICAL PROCESS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (Special Issue 20), 95-100.
Усербай, Б. (9102). Мустакил таълим - талаба билимининг асоси. Туркий халцлар фольклори, адабиётшунос уамда тилшуносликнинг ауамиятли масалалари: Халцаро конференция, 1(1), 105-108.
Кучкоров, (2020). Жавдат ва унинг Самарканд адабий хдётида тутган урни. ИНТЕРНАУКА, 13(142), 89-90.
Кучкоров, Х,. Х,. (2020). Личность в системе человеческих общение и педагогических взаимоотношений. Innovative achievements in science, 439-441.
Baykabilov, U. А. (2020). Ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish bosqichlari
Хдсанзода, К. Х. (2020). Жавдат ижодида панд-ахлок мавзуси ва унинг ёш авлод тарбиясидаги урни. Science and Education, 1(2)